Volinskova Nadejda Vladimirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlaridan ekstraksion fosfor kislotasini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va takomillashtirish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/T257.
Ilmiy maslahatchi: Mirzakulov Xoltura Chorivich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Sayfitdin Muxitdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Sultonov Boxodir Erkinovich, texnika fanlari doktori; Nurmurodov Tulkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekstraksion fosfor kislotasining (EFK) takomillashtirilgan, energiyatejamkor texnologiyasini va Markaziy Qizilqumning (MQ) turli xil fosforitlarini qayta ishlash uchun maqbul bo‘lgan fosforli o‘g‘itlarning yangi turlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SaO-R2O5-SO3-H2O sistemasining eruvchanlik fazoviy diagramasini tahlili asosida MQ fosforitlaridan EFK olishda ishlab chiqarish jarayonini grafoanalitik nazorat qilish imkonini beradigan nomogramma ishlab chiqilgan;
ilk bor MQ fosforitlarini sul`fat kislota va ammoniy sul`fat bilan aralashmasi bilan parchalanish jarayonini termodinamik hisoblashda erkin kal`siy oksidining ekstraktordagi harorat rejimiga ta’siri aniqlangan;
ekstraksiya jarayoni davomiyligini kamaytirishga va ekstraktorlar konstruksiyalarini takomillashtirishga imkon beradigan MQ fosforitlarining yuqori reaksion moyilligi aniqlangan;
MQ fosforitlarini qayta ishlash va ekstraksiyalash texnologik ko‘rsatkichlarining ta’sir etish qonuniyatlari bo‘yicha YuKFKdan 23%gacha R2O5 bo‘lgan EFK olishning maqbul texnologik sharoitlari aniqlangan;
sul`fat kislotani ammoniy sul`fatga qisman almashtirish bilan MQ fosforitlaridan EFK olish texnologik ko‘rsatkichlari va tarkibiga ekstraksiya texnologik qiymatlariga ta’sir etishi aniqlangan;
MQ fosforitlaridan olingan EFK va sul`fat kislotasini ammonizatsiyalash hamda qotib qolmaydigan bo‘tqasini olish optimal sharoitlari aniqlangan;
ilk bor ammoniy digidro-, gidrofosfatlar, ikki suvli kal`siy sul`fat va suv sistemasining o‘zaro ta’siri va termodinamik hisoblari, rN muhiti 7–8 bo‘lganda ammoniy sul`fat va kal`siy gidrofosfat hosil bo‘lishi bilan ikki suvli kal`siy sul`fat konversiyasi qaytmas jarayonda borishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
MQ fosforitlarini EFK va fosforli o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
murakkab donador o‘g‘it olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (№IAP02633, 2003 y.). Natijada ekstraksion fosfor va sul`fat kislota aralashmasini aylanma eritma ko‘rinishida ammonizatsiyalash bilan ammoniy sul`fatfosfat o‘g‘iti olish imkoniyati yaratilgan;
ammofos olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (№IAP 02634, 2003 y.). Natijada fosfat xomashyosini erkin sul`fat kislota massaviy ulushi 1,5 dan 5,5% gacha va S:Q=(2-4):1 nisbatda parchalab olingan EFKni ammonizatsiyalab ammofos olish imkonini bergan;
murakkab donador azot fosfor o‘g‘it olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (№IAP03481, 2005 y.). Natijada oltingugurt-fosforkislotali ekstraksion bo‘tqasini aylanma eritma shaklidagi nordon oqova berish bilan rN 7,5–8,5 gacha ammonizatsiyalab «Suprefos-NS» o‘g‘it olish imkoniyati yaratilgan;
barbotajli bug‘latish qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (№IAP04770, 2008 y.). Natijada qurilmaning ichki qismini vertikal to‘siqlar bo‘yicha bo‘laklarga ajratish natijasida takomillashgan barbotajli bug‘latish qurilmasida EFK va bo‘tqasini bug‘latish jarayonini jadallashtirish imkoniyati yaratilgan;
YuKFK, YuKFK va YuQK aralashmasidan EFK, azotfosforli ammoniy sul`fatfosfat va «Suprefos-NS» o‘g‘itini olish texnologiyasi «Ammofos-Maxam» AJda amaliyotga joriy etilgan («Oʻzkimyosanoat» AJning 2019 yil 18 maydagi 03-2878-son ma’lumotnomasi). Natijada MQ fosforitlaridan EFK olishda ikkibankali reaktorni bir bankali reaktorga almashtirish, fosforit xomashyolarini qayta ishlash hajmini va reaktorning ishchi hajmidan R2O5 chiqishini oshirish hamda reaksion massaning temperaturasini va energiya sarfini ikki barobar kamaytirish imkonini bergan;
EFK va yarimmahsulotlardan ammoniy sul`fatfosfat va «Suprefos-NS» o‘g‘itlarini olish texnologiyasi «Ammofos-Maxam» AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («O’zkimyosanoat» AJning 2019 yil 18 maydagi 03-2878-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi turdagi fosforli o‘g‘itlar olish imkonini bergan.