Kadirov Baxodir Maxamadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv ta’minoti uchun ko‘pfunksiyali ingibitorlar sintezi va texnologiyasi», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T501.
Ilmiy rahbar: Qodirov Hasan Irgashevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Muxitdinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida suv ta’minoti uchun ko‘p funksiyali ingibitorlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
limon va ekstraksion fosfor kislotasi ishtirokida olingan oksietilidendifosfon kislota mis-rux kompleksonati olish usuli yaratilgan;
olingan kompleksonatlarga gidrolizlangan poliakrilonitril va monoetanolaminni vakuumda xaydash kub qoldig‘i qo‘shib kompozisiyalar yaratilgan;
ko‘pfunksiyali ingibitorlarni turli qattiqlikdagi suvlarda himoyalash darajasi, samaradorligi va suv o‘tlarining o‘sishini ingibirlash xususiyatlari aniqlangan;
mis-rux miqdorlarining korroziyadan himoyalash darajasiga bog‘liqligi, mis miqdorining ortib borishi bilan korroziya tezligiga salbiy ta’siri vodorodga nisbatan o‘ng tomonda joylashganligi, temir ionlariga nisbatan yuqori elektron potensialligi bilan asoslanib, muqobil nisbatlarda aniqlangan;
korroziyadan himoyalash darajasi va samaradorligi 94% dan kam bo‘lmagan (Cu:Zn-oksietilidendifosfon kislota:gidrolizlangan poliakrilonitril) tarkib aniqlanib, suv o‘tlarini o‘sishini 100% gacha ingibirlashi aniqlangan;
Cu:Zn-oksietilidendifosfon kislota asosida gidrolizlangan poliakrilonitril qo‘shib kompozisiyalar holatida energetika va kon-metallurgiya sanoati suv ta’minotlari uchun ko‘pfunksiyali ingibitorlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korroziya, mineral tuzlar to‘planishi va biotsidlik xususiyatlariga ega bo‘lgan ingibitorlarning sintezi va texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korroziya, mineral tuzlar to‘planishi va biotsidlik xususiyatlariga ega bo‘lgan ingibitor ishlab chiqarishga texnik shart «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Tsh 15459299-01:2017). Natijada energetika va kon-metallurgiya sanoati issiqlik manbalari bug‘ qozonlarida ishlatiluvchi IOMS-1, Option-353 ingibitorlarini almashtirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosida ko‘p funksiyali ingibitor tarkibi va texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJning 2 sexida joriy qilingan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2018 yil 29 yanvardagi 01/3-5608/A-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida ingibitor ishlab chiqarish imkonini bergan;
«IKSB-UNI-1» ingibitori «Navoiy kon-metallurgiya kombinati»da qurilmalarni korroziyadan himoyalash va mineral tuzlar to‘planishidan ingibirlash uchun texnologik jarayonlarda joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinat»ning 2018 yil 3-noyabrdagi 1/01-2093-13463-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirda olib kelinadigan Deropt ingibitorini 100% almashtirish imkonini bergan.