Ablakulova Nodira Abduvahobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bug‘doyning zamburug‘li kasalliklariga tabiiy triterpenoidlar ta’sirini baholash», 02.00.10–Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B176.
Ilmiy rahbar: Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Axunov Ali Axunovich, biologiya fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy triterpenoidlar va ular hosilalarini bug‘doyning zamburug‘li kasalliklari, o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir xususiyatlarini aniqlash hamda baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poliprenol, retkil preparatlari, mis, kobal`t diglisirrizinatni bug‘doyning zamburug‘li kasalliklariga ta’siri aniqlangan;
triterpenoidlarning zamburug‘li kasalliklarga ta’siri Bayleton, Alto Super, Tintul DUO preparatlari bilan taqqoslanib, ular asosida preparatlar o‘rnini bosa oladigan kompozisiyalari yaratilgan;
mis va kobal`t diglisirrizinat kompozisiyasini bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishini jadallashtirishi, hosildorligini oshirishi hamda zamburug‘li kasalliklariga qarshi samarali ta’sir etishi aniqlangan;
mis va kobal`t diglisirrizinat kompozisiyasini bug‘doy doni tarkibida oqsil va kleykovina miqdorining ortishiga ta’sir etishi shuningdek, kobal`t diglisirrizinatning bug‘doy to‘qimalari RNKsi faolligiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishiga tabiiy triterpenoidli birikmalar ta’sirini tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
triterpenoid tabiatli birikmalarni bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishini avjlantirish xususiyatlari F-5-06 raqamli «Ba’zi bir bioregulyatorlarning ta’sir mexanizmini o‘rganish» loyihasida o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishida bioregulyatorlarning ta’sir mexanizmini aniqlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 martdagi 89-03-918-son ma’lumotnomasi). Natijada bioregulyatordan foydalanish asosida o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini boshqarish imkonini bergan;
triterpenoid tabiatli birikmalarning bug‘doydagi zamburug‘li kasalliklarga ta’siri ITD-9-26 raqamli «Sho‘rlangan tuproq sharoitida donli ekinlarning o‘sishi, rivojlanishini avjlantiruvchi va patogenlariga samarali ta’sir etuvchi preparatlar yaratish» loyihasida donli ekinlarning zamburug‘li kasalliklariga qarshi ta’sir etish mexanizmini aniqlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 martdagi 89-03-918-son ma’lumotnomasi). Natijada bug‘doyning patogenlariga samarali ta’sir etuvchi pereparatlar yaratish imkonini bergan;
triterpenoid tabiatli birikmalarni ta’sirida bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishi sifat ko‘rsatkichlarini oshishi A-9-27 raqamli «Batat, kartoshka va topinamburning abiotik omillarga chidamlilik xususiyatlarini tahlili va sho‘rga chidamli liniyalarini in vitro usuli yordamida yaratish» loyihasida in vitro sharoitda tabiiy stimulyatorlarning batat, kartoshka va topinamburning vegetativ organlarining hosil bo‘lishiga ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 martdagi 89-03-918-son ma’lumotnomasi). Natijada batat, kartoshka va topinamburning bioregulyatorlar ta’sirida stress omillarga chidamli formalarini olish imkonini bergan;
glisirrizin kislotasining kobal`t va mis mikroelementli tuzlari asosida yaratilgan kompozisiya (KDG:MDG) Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining Sirdaryo ilmiy tajriba stansiyasida, Guliston davlat universitetiga qarashli tajriba xo‘jaligida hamda Boyovut tumanidagi fermer xo‘jaliklarida g‘alla etishtirish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 sentyabrdagi 02/021-236-son ma’lumotnomasi). Natijada bug‘doyning Tanya navining sariq zang bilan kasallanishini nazoratga nisbatan 20%, qo‘ng‘ir zang bilan 25%ga kamaytirish imkonini bergan.