Nasirova Shaira Narmuradovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnologik jarayonlarni kompyuter algoritmlash bilan boyitish fabrikalaridagi flotatsiya apparatlarini takomillashtirish», 02.00.16–Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/T208.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Dadaxodjaev Abdulla Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Mannonov Ulugbek Vosiqovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnologik jarayonlarni kompyuter algoritmlash bilan boyitish fabrikalaridagi flotatsiya apparatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
flotatsiya apparatini 6 ierarxik pog‘onada ko‘p bosqichli analizi hodisa va uning ishchi zonasi, kvaziqatlam, suyuq va gaz fazalari hamda gaz pufakchalari darajasida optimal texnologik jarayoni yaratilgan;
flotatsiya apparatlaridagi texnologik jarayonlarni matematik modelini ishlab chiqish uchun identifikatsiyalash,  analitik identifikatsiyalash va nazariy-analitik metodlari ishlab chiqilgan;
texnologik ob’ektni dinamikasini hisoblash uchun ko‘p bosqichli matematik va kompyuter modellarini, bir, ikki, besh va o‘n pog‘onali flotatsiya qurilmalaridagi texnologik jarayonning koeffisienti aniqlangan;
flotatsion qurilmasini ko‘p pog‘onali modellashtirish asosida suyuq fazadan gaz fazasiga qimmatbaho komponentalarini o‘tkazishni massa almashinish jarayoni koeffisienti 0,03 ga tengligi isbotlangan;
flotatsiya apparatlari barbotaj zonalarini radial seksiyalashtirish (bo‘laklash) orqali oqimlar gidrodinamik strukturasi boshqariladigan, takomillashgan flotatsiya apparat yaratilgan;
takomillashgan flotatsiya apparati asosida pul`pa tarkibida oltin miqdori avvalgisiga nisbatan 7% kamaytiradigan va flotatsiya jarayonini unumdorligini 4–7% oshiradigan texnologik jarayon  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnologik jarayonlarni kompyuter algoritmlash bilan boyitish fabrikalaridagi flotatsiya apparatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mis boyitish fabrikasining rangli metall rudalarining flotatsiyalash bo‘linmasi texnik sharti «O‘zkimyosanoat» AJ nizomi 67-bandiga asosan «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ tomonidan tasdiqlangan (TI 00193950-21-07:2017). Natijada boyitish fabrikalaridagi flotatsiya apparatlaridagi texnologik jarayonlarning ishlash unumini 15%ga oshirish imkonini bergan;
rangli metall rudalarining flotatsiya jarayonlarini optimal sharoitlari «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2017 yil 17 noyabrdagi 275-son ma’lumotnomasi). Natijada flotatsion ko‘pik qatlami va pul`pa chiqishidagi qimmatli komponentli konsentratsiyalarni maksimal og‘ish amplitudasi va tebranish chastotani hamda xomashyo sarfini va texnogen chiqindilardagi qimmatli komponentlarni 0,01% kamaytirish imkonini bergan;
flotatsion jarayonlarni takomillashgan tizimlari «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2017 yil 17 noyabrdagi 275-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik uzeldan asosiy mahsulot chiqishini 2–3%ga oshirish imkonini bergan;
takomillashtirilgan rangli metall rudalarining flotatsiya jarayoni apparati «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2017 yil 17 noyabrdagi 275-son ma’lumotnomasi). Natijada rangli metall rudalarining flotatsiya jarayoni unumdorligini 4–7% oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish