Rahmonov Ulfat Ubaydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini loyiha ishlari asosida rivojlantirish mexanizmlari”,
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Ped12640.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Pulotov Abdurayim Murotovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Baxramov Anvar Axrarovich fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi 6-sinf o‘quvchilarining tabiiy fanlarga oid kompetensiyalarini loyiha ishlari asosida rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalari loyiha ishlari asosida tatbiq etishning pedagogik imkoniyatlari aniq maqsadga erishganlik, qat’iyatlilik, innovatsiyalarga ochiqliligi, fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ijodkorlik, muloqot va hamkorlik, muammolarni hal qilish, tadqiqot olib borish, tanqidiy fikrlash va o‘z-o‘zini baholash mezon va ko‘rsatkichlari bosqichma-bosqich adaptiv uyg‘unlashtirish asosida aniqlangan;
loyihaga asoslangan ta’limda fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni loyiha faoliyatiga tayyorlash mazmuni tadqiqotni amalga oshirish, mustaqil qarorlar qabul qilish, muammoga amaliy echimlar topishi hamda amaliy tajribalar orqali fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirish tizimi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni fanga oid kompetensiyalarini loyiha ishlari asosida rivojlantirish modeli modifikatsiyalashgan ta’lim yondashuvlari (differansial, individual, loyihaviy, aralash, korporativ va mustaqil) asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning fanlarni loyiha ishlari asosida o‘qitishning samaradorlik darajasi mavzularni mukammal o‘rgatish tizimi hamda muammoni amalga oshirishda qo‘llagan Field Study, Desing Thinking usullari va loyihani umumlashtirilgan shaklda taqdim etish mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktab o‘quvchilarining fanga oid kompetensiyalarini loyiha ishlari asosida rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalari loyiha ishlari asosida tatbiq etishning pedagogik imkoniyatlari aniq maqsadga erishganlik, qat’iyatlilik, innovatsiyalarga ochiqliligi, fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ijodkorlik, muloqot va hamkorlik, muammolarni hal qilish, tadqiqot olib boorish, tanqidiy fikrlash va o‘z-o‘zini baholash mezon va ko‘rsatkichlari bosqichma-bosqich adaptiv uyg‘unlashtirish asosida aniqlangan takliflar va tavsiyalar malaka oshirish va kasbiy qayta tayyorlash kurslarining o‘quv modullari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 5-martdagi
03-33-1196-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaga asoslangan ta’limni tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida qo‘llash o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
loyihaga asoslangan ta’limda fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni loyiha faoliyatiga tayyorlash mazmunini o‘quvchilar o‘z tadqiqotini amalga oshirish, mustaqil qarorlar qabul qilish, muammoga amaliy echimlar topishi hamda amaliy tajribalar orqali tabiiy-ilmiy savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi takomillashtirilga oid tavsiyalar “Uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish kurslari”ning (oliy va 1-toifali o‘qituvchilari uchun)” o‘quv dasturining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 5-martdagi
03-33-1196-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv modulining tabiiy fanlar sohasiga oid qismi hamda kontentlarining mazmunan boyishiga, ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli tashkil etilishiga, tinglovchilarning o‘quv faoliyati samaradorligi oshishiga, o‘rganiladigan mavzulari sifatining yaxshilanishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarni fanga oid kompetensiyalarini loyiha ishlari asosida rivojlantirish modeli modifikatsiyalashgan ta’lim yondashuvlari (differansial, individual, loyihaga asoslangan, aralash, korporativ va mustaqil ta’lim) asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar “Tabiiy fanlarni loyiha ishlari asosida o‘qitish” nomli o‘quv qo‘llanmani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 5-martdagi 03-33-1196-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga tabiiy fanlardan loyiha ishlarining ahamiyatini kuchaytirish va o‘quv jarayoniga tatbiq etish orqali o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash metodikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning fanlarni loyiha ishlari asosida o‘qitishning samaradorlik darajasi mavzularni mukammal o‘rgatish tizimi hamda muammoni amalga oshirishda qo‘llagan Field Study, Desing Thinking usullari va loyihani umumlashtirilgan shaklda taqdim etish mexanizmlari takomillashtirilga oid tavsiyalar Milliy o‘quv dasturi loyihasida yaratilgan 6-sinf Tabiiy fanlar darsligini mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 5-martdagi 03-33-1196-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning tabiiy fanlar darslarida muammoni hal qilish, kreativ fikrlash, kiritik fikrlash ko‘nikmalari va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirishga sharoit yaratilgan.