Raxmonova Dilshoda Nusratovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini takomillashtirish metodikasi,
13.00.02 – Ta’lim  va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9388.
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich,  pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Gullieva Yulduz Yuldoshevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari tizimli tahlil qilinib, ilk bor o‘quvchilarda musiqali ijodni, metroritmik o‘quvini rivojlantirivchi “Elektron magnitli musiqiy interaktiv doska” yaratilib, uni samarali pedagogik vosita sifatida ilmiy-amaliy asosda asoslab berilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini rivojlantirishning metodikasi 1-sinf o‘quvchilarda musiqiy ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “husnixat”, “musiqiy labirint”, “turlanuvchi notalar”, “sozni-sozla”, “bo‘yang va nomlang”, “etti shar”, “rangli klavish”, “rebus” kabi usullar integratsiyasini uyg‘unlashtirishda vizual materiallardan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini rivojlantirish modeli musiqiy me’rosni o‘rganish, loyihalash, izchillik, ko‘rgazmalilik va faollik tamoyillariga ustuvorlik berish hamda musiqiy tovushlar, mahalliy qo‘shiqlar solfedjiosi va “Yalen” tizimini didaktik-ierarxik tarzda moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini shakllantirish metodining samaradorligi o‘quvchilarda axloqiy sifatlarni musiqa san’ati, musiqa asboblari, nota, akkordlar, ritm va melodiya kabi elementlar orqali tarbiyalash hamda o‘quvchilarda kreativ, kognitiv va produktiv fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari tizimli tahlil qilinib, ilk bor o‘quvchilarda musiqali ijodni, metroritmik o‘quvini rivojlantirivchi “Elektron magnitli musiqiy interaktiv doska” yaratilib, uni samarali pedagogik vosita sifatida ilmiy-amaliy asosda asoslashga oid takliflar ProQuest, Google Scholar, OpenAire bazalarida indekslangan “Music literacy for primary school pupils” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 13- noyabrdagi 01/11/01/1-881-son ma’lumotnomasi hamda ISBN 9781957653020, 1211 Polk St, Orlando, FL 32805, USA xorij nashr raqami). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini takomillashtirish konseptual asoslarini ishlab chiqish imkoni kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini takomillashtirish metodikasi 1-sinf o‘quvchilarda musiqiy ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “husnixat”, “musiqiy labirint”, “turlanuvchi notalar”, “sozni-sozla”, “bo‘yang va nomlang”, “etti shar”, “rangli klavish”, “rebus” kabi usullar integratsiyasini uyg‘unlashtirishda vizual materiallardan foydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 359-152-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini takomillashtirish metodikasining ahamiyatlilik darajasi oshgan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini takomillashtirish modeli musiqiy me’rosni o‘rganish, loyihalash, izchillik, ko‘rgazmalilik va faollik tamoyillariga ustuvorlik berish hamda musiqiy tovushlar, mahalliy qo‘shiqlar solfedjiosi va “Yalen” tizimini didaktik-ierarxik tarzda moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 359-152-son nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini o‘zlashtirish samaradorligi oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqa savodxonligini shakllantirish metodining samaradorligi o‘quvchilarda axloqiy sifatlarni musiqa san’ati, musiqa asboblari, nota, akkordlar, ritm va melodiya kabi elementlar orqali tarbiyalash hamda o‘quvchilarda kreativ, kognitiv va produktiv fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar Termiz davlat universitetida 2021-2025 yillarda amalga oshirilgan 617309-EPP-1-2020-1-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – TRIGGER” nomli ilmiy-amaliy loyihasi bajarilishida foydalanilgan hamda ProQuest, Google Scholar, OpenAire bazalarida indekslangan “Music literacy for primary school pupils” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 13- noyabrdagi 01/11/01/1-881-son ma’lumotnomasi hamda ISBN 9781957653020, 1211 Polk St, Orlando, FL 32805, USA xorij nashr raqami). Natijada, pedagogik jarayonning intensifikatsiyalash asosida o‘quvchilarda musiqa savodxonligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish