Egamova Ravshanoy Surobjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sinfdan tashqari ishlar asosida o‘quvchilarning ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).   
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12316.
Ilmiy rahbar:  Shirinov Muzaffar Kucharovich,  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01.
Rasmiy opponentlar: Rashidova Gulnoza G‘ulomovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Qurbonova Aziza Tolipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sinfdan tashqari ishlar asosida o‘quvchilarning  ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonini ilmiy jihatdan asoslash, ushbu jarayon samaradorligini ta’minlovchi metodik tizimni takomillashtirishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sinfdan tashqari ishlar asosida o‘quvchilarning ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik, psixologik, ijtimoiy-madaniy va metodik omillar ularning pedagogik funksiyasi hamda ta’sir yo‘nalishiga ko‘ra tizimlashtirilib, mazkur omillarning ijodiy fikrlash, tashabbuskorlik va mustaqil ijodiy faoliyatga differensial ta’siri loyihaviy faoliyat, muammoli vaziyatlar, ijodiy topshiriqlar va refleksiv tahlil vositasida namoyon bo‘ladigan motivatsion, kognitiv, faoliyatli hamda refleksiv o‘zgarishlarni funksional-pedagogik tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning ijodkorlik ko‘nikmalari rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari originallik, moslashuvchanlik, mustaqillik hamda ijodiy mahsuldorlikning sinfdan tashqari faoliyatda yangi g‘oya ilgari surish, muammoga muqobil echimlar topish, ijodiy topshiriqni mustaqil bajarish va natijani asoslash kabi faoliyat deskriptorlari orqali operatsionallashtirish, ularni past, o‘rta, yaxshi va yuqori rivojlanish darajalari bo‘yicha differensial tavsiflash hamda faoliyat mazmuni va yakuniy ijodiy mahsulot natijalari bilan funksional muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
sinfdan tashqari ishlar jarayonida o‘quvchilarning ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik modeli ijodiy muammoni anglashdan mustaqil g‘oya yaratish, muqobil echimlarni izlash va ijodiy mahsulot yaratishga o‘tishning bosqichli uzviyligini ijodiy loyihalash, muammoli vaziyatlar hamda jamoaviy ijodiy hamkorlik vositasida ta’minlash, maqsadli, mazmun, jarayon va natijaviy komponentlarning strukturaviy-funksional aloqadorligi asosida ishlab chiqilgan;
sinfdan tashqari faoliyat asosida o‘quvchilarning ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan ilmiy-metodik ta’minot muammoni ijodiy anglashdan muqobil g‘oya yaratish, mustaqil loyiha ishlab chiqish va natijani refleksiv takomillashtirishgacha bo‘lgan faoliyatni bosqichma-bosqich tashkil etuvchi refleksiv mashqlar hamda ijodiy loyiha topshiriqlari vositasida, pedagogik modelning rivojlanish mantig‘i va ijodkorlik ko‘nikmalarining mezon-ko‘rsatkichlariga funksional muvofiqlik asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘quvchilarning ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va tuzilmasini ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi pedagogik muhit hamda individuallashtirilgan ta’lim yondashuvi asosida tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosalar va metodik tavsiyalar ta’lim amaliyotiga joriy etildi.
sinfdan tashqari ishlar asosida o‘quvchilarning ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik, psixologik, ijtimoiy-madaniy va metodik omillar ularning pedagogik funksiyasi hamda ta’sir yo‘nalishiga ko‘ra tizimlashtirilib, mazkur omillarning ijodiy fikrlash, tashabbuskorlik va mustaqil ijodiy faoliyatga differensial ta’siri loyihaviy faoliyat, muammoli vaziyatlar, ijodiy topshiriqlar va refleksiv tahlil vositasida namoyon bo‘ladigan motivatsion, kognitiv, faoliyatli hamda refleksiv o‘zgarishlarni funksional-pedagogik tahlil qilish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari  agentligining yoshlar ta’lim-tarbiyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan ishlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2026-yil 5-maydagi 2-13-18-1108-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar asosida o‘quvchilarda ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir adabiyot darslari samaradorligi ortishiga erishilgan.
o‘quvchilarning ijodkorlik ko‘nikmalari rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari originallik, moslashuvchanlik, mustaqillik hamda ijodiy mahsuldorlikning sinfdan tashqari faoliyatda yangi g‘oya ilgari surish, muammoga muqobil echimlar topish, ijodiy topshiriqni mustaqil bajarish va natijani asoslash kabi faoliyat deskriptorlari orqali operatsionallashtirish, ularni past, o‘rta, yaxshi va yuqori rivojlanish darajalari bo‘yicha differensial tavsiflash hamda faoliyat mazmuni va yakuniy ijodiy mahsulot natijalari bilan funksional muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalar “Texnologiya ta’limi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-son buyrug‘i, 731127 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda innovatsion didaktik yondashuvlar keng qo‘llanila boshlandi va o‘quvchilarning ijodiy topshiriqlarni bajarish samaradorligi oshdi;
sinfdan tashqari ishlar jarayonida o‘quvchilarning ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik modeli ijodiy muammoni anglashdan mustaqil g‘oya yaratish, muqobil echimlarni izlash va ijodiy mahsulot yaratishga o‘tishning bosqichli uzviyligini ijodiy loyihalash, muammoli vaziyatlar hamda jamoaviy ijodiy hamkorlik vositasida ta’minlash, maqsadli, mazmun, jarayon va natijaviy komponentlarning strukturaviy-funksional aloqadorligi asosida ishlab chiqilgan xulosalar maktab ta’lim jarayonida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2026-yil 18-maydagi 01/11-03/10-293-son ma’lumotnomasi) Natijada, o‘quvchilarning ijodiy faoliyati rivojlantirilgan va uni baholashning milliy tizimini takomillashtirishga erishilgan;
sinfdan tashqari faoliyat asosida o‘quvchilarning ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan ilmiy-metodik ta’minot muammoni ijodiy anglashdan muqobil g‘oya yaratish, mustaqil loyiha ishlab chiqish va natijani refleksiv takomillashtirishgacha bo‘lgan faoliyatni bosqichma-bosqich tashkil etuvchi refleksiv mashqlar hamda ijodiy loyiha topshiriqlari vositasida, pedagogik modelning rivojlanish mantig‘i va ijodkorlik ko‘nikmalarining mezon-ko‘rsatkichlariga funksional muvofiqlik asosida ishlab chiqilgan taklif vatavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlash jarayonida amaliyotda qo‘llanildi (O‘MTRKning 2026-yil 6-apreldagi 05-09-611-son ma’lumotnomasi).  Natijada, sinfdan tashqari ishlar asosida o‘quvchilarda ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik tizim takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish