Pirmatov Rashid Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Import o‘rnini bosuvchi alyumosilikatli olovbardosh materiallarning tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15–Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T639.
Ilmiy rahbar: Qodirova Zulayxo Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Beglov Boris Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida alyumosilikatli olovbardosh materiallarning tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyumosilikatli olovbardosh omuxtaning import o‘rnini bosuvchi tarkiblarini ishlab chiqish uchun Angren kaolini va Sherobod koni boksitsimon jinslari hamda glinozemtarkibli chiqindilardan foydalanish imkoniyatlari asoslangan;
900–1500oS harorat oralig‘ida «kaolin/boksitsimon jins-glinozemtarkibli komponent» kompozisiyalari asosida ishlab chiqilgan tajriba omuxtasini pishirishdagi yuqori haroratdagi fizik-kimyoviy jarayonlar va fazaviy o‘tishlari hamda tajriba namunalarida boshlang‘ich kaolinit va argillitni metakaolinit va mullit hosil qilib o‘tishi aniqlangan;
alyumosilikatli olovbardosh material namunalarining asosiy fizik-kimyoviy, termomexanik va texnologik xususiyatlarini, omuxta komponent tarkibiga bog‘liq ravishda o‘zgarishlari aniqlangan;
yangi olovbardosh kompozisiya olishning maqbul shartlari, texnologik rejimlari va xomashyo omuxtasiga yuqori haroratli termik ishlov berish va fraksiya tarkiblari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy kaolin va boksitsimon jinslardan foydalanib, alyumosilikatli olovbardosh materiallar tarkiblarini va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Angren kaolini, glinozemtarkibli gazni qayta ishlashdagi chiqindisii asosida mos keluvchi to‘ldirgichlar bilan ishlab chiqilgan olovbardosh massa tarkibi «Bekabod-ogneupor» QKda amaliyotga joriy etilgan («Bekabod-ogneupor» QKning 2019 yil 22 maydagi 137-son ma’lumotnomasi). Natijada chetdan keltirilganga nisbatan bir yarim marta arzon olovbardosh massaning tarkibini ishlab chiqish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida alyumosilikatli olovbardosh material olish texnologiyasi «Bekabadsement» AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («Bekabodsement» AJning 2019 yil 30 maydagi MV/539-son ma’lumotnomasi). Natijada amaldagi standart talablarga javob beruvchi, import o‘rnini bosuvchi mahsulot olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish