Parmonov Abdutolib Abduvahob o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion yondashuvlar asosida bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari (“Mexanika. Nazariy mexanika” fani misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Ped1424.
Ilmiy maslahatchi: Turakulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/2025.27.12.T.20.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yarmatov Raximboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kazokboy Mamasoliev, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion yondashuvlar asosida bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentligining funksional va strukturaviy komponentlari muhandislik bilimining amaliy harakatga aylanishi va texnik echimning loyihaviy qarorga transformatsiyalanishini belgilovchi didaktik determinantlarning ochiq axborot muhitidagi namoyon bo‘lish xususiyatlarini pedagogik dizayn pozisiyasidan asoslash orqali aniqlashtirilgan; 
bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentligini rivojlantirish modeli axborot-ta’lim muhitini modellashtirishga yo‘naltirilgan didaktik topshiriqlarni kasbiy faoliyatning real va virtual muhandislik vaziyatlari bilan uyg‘unlashtirish, o‘quv mazmunini texnik muammodan loyihaviy echimga tomon murakkablashtirib borish hamda talabaning mustaqil muhandislik qarorlarini rag‘batlantirish asosida takomillashtirilgan;
STEM, PBL, TBL va gamifikatsiya texnologiyalarini muhandislik muammosini identifikatsiyalashdan prototipni sinash va maqbullashtirishgacha bo‘lgan faoliyat sikliga ketma-ket tatbiq etish orqali bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentligini rivojlantiruvchi, interaktiv topshiriqlar vositasida tahliliy va muhandislik fikrlashini faollashtirishga qaratilgan innovatsion ta’lim texnologiyasi ishlab chiqilgan;
bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi texnik axborotni vizual kodlash, muhandislik mazmunini mikroformatlarga ajratish, muammoli ma’lumotlarni operativ saralash va qabul qilingan texnik qarorlarni verifikatsiyalash amallarini “infodars.uz” raqamli platformasining multimodal resurslari bilan qo‘llab-quvvatlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasining natijadorligi kasbiy yo‘naltirilganlik, bilimlarning tizimliligi, amaliy faoliyat samaradorligi, texnologik tayyorgarlik va refleksiv faollik mezonlari bo‘yicha kuzatilgan sifat o‘zgarishlarini qiyosiy-dinamik baholash hamda ularning statistik ahamiyatlilik ko‘rsatkichlarini verifikatsiyalash orqali asoslangan, natijada talabalarning variativ (past), izlanuvchanlik (o‘rta) va ijodiy (yuqori) darajalariga erishishida ijobiy dinamika mavjudligi ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion yondashuvlar asosida bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentlikni rivojlantirishning ilmiy-metodik tizimini takomillashtirish borasida olib borilgn tadqiqotlar asosida;
bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentligining funksional va strukturaviy komponentlari muhandislik bilimining amaliy harakatga aylanishi va texnik echimning loyihaviy qarorga transformatsiyalanishini belgilovchi didaktik determinantlarning ochiq axborot muhitidagi namoyon bo‘lish xususiyatlarini pedagogik dizayn pozisiyasidan asoslash orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Nazariy mexanika (kinematika, dinamika)”  nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 19-martdagi 02/01-01-192-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiya va uni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi hamda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga joriy etilgan;
bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentligini rivojlantirish modeli axborot-ta’lim muhitini modellashtirishga yo‘naltirilgan didaktik topshiriqlarni kasbiy faoliyatning real va virtual muhandislik vaziyatlari bilan uyg‘unlashtirish, o‘quv mazmunini texnik muammodan loyihaviy echimga tomon murakkablashtirib borish hamda talabaning mustaqil muhandislik qarorlarini rag‘batlantirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Nazariy mexanika I qism” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 19-martdagi 02/01-01-192-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning umumiy texnik kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik vositalar majmuasi (topshiriqlar banki, interaktiv modullar, loyiha ishlari, keys-topshiriqlar hamda baholash mezonlari) ishlab chiqildi va tajriba-sinov jarayonida qo‘llanilgan;
STEM, PBL, TBL va gamifikatsiya texnologiyalarini muhandislik muammosini identifikatsiyalashdan prototipni sinash va maqbullashtirishgacha bo‘lgan faoliyat sikliga ketma-ket tatbiq etish orqali bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentligini rivojlantiruvchi, interaktiv topshiriqlar vositasida tahliliy va muhandislik fikrlashini faollashtirishga qaratilgan innovatsion ta’lim texnologiyasi ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalardan “Nazariy mexanika I qism” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 19-martdagi 02/01-01-192-son ma’lumotnomasi). Natijada Raqamli ta’lim muhitida o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar va o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqilib, oliy ta’lim muassasalarining nazariy mexanika fanini o‘qitish amaliyotiga joriy etilgan;
bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi texnik axborotni vizual kodlash, muhandislik mazmunini mikroformatlarga ajratish, muammoli ma’lumotlarni operativ saralash va qabul qilingan texnik qarorlarni verifikatsiyalash amallarini “infodars.uz” raqamli platformasining multimodal resurslari bilan qo‘llab-quvvatlash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Innovatsion yondashuvlar asosida bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari “Mexanika. Nazariy mexanika” fani misolida” nomli elektron dastur ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 19-martdagi 02/01-01-192-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion pedagogik yondashuvlar asosida inodars.uz raqamli ta’lim platformasi ishlab chiqilgan;
bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasining natijadorligi kasbiy yo‘naltirilganlik, bilimlarning tizimliligi, amaliy faoliyat samaradorligi, texnologik tayyorgarlik va refleksiv faollik mezonlari bo‘yicha kuzatilgan sifat o‘zgarishlarini qiyosiy-dinamik baholash hamda ularning statistik ahamiyatlilik ko‘rsatkichlarini verifikatsiyalash orqali asoslangan, natijada talabalarning variativ (past), izlanuvchanlik (o‘rta) va ijodiy (yuqori) darajalariga erishishida ijobiy dinamika mavjudligi ilmiy jihatdan isbotlashga oid taklif va tavsiyalardan “Nazariy mexanika (kinematika, dinamika)”  nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 19-martdagi 02/01-01-192-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning umumiy texnik kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiya va uni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish