Aripdjanov Oybek Yusupdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kompozision sorbentlar bilan tabiiy hamda ikkilamchi gazlarni oltingugurt birikmalaridan tozalash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.08–Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T382.
Ilmiy rahbar: Nurullaev Shavkat Payzievich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Bashkirseva Natal`ya Yur`evna, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Miraxmad Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision sorbentlar bilan tabiiy hamda ikkilamchi gazlarni oltingugurt birikmalaridan tozalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dietanolamin va metildietanolaminlar bilan furan birikmalarini olishdagi kub qoldiqlari asosida sintez qilingan polielektrolitlarni ishlatgan holda kompozision absorbentning olish tarkibi va texnologiyasi yaratilgan;
dietanolamin+metildietanolamin+azot va aminsaqlovchi polielektrolit saqlagan kompozision absorbentning tabiiy va ikkilamchi gazlarni nordon komponentlardan tozalash jarayoni va selektivligi aniqlangan;
yaratilgan kompozision absorbent fizik-kimyoviy xossalariga texnologik jarayondagi H2S/CO2 hajmiy miqdori, absorbent va jarayon temperaturalari, bosim hamda vaqt ta’siri aniqlangan;
yaratilgan kompozision absorbentlarni qurilma jihozlarini korroziyalash xususiyatlari temperatura hamda ularni H2S va CO2 bilan to‘yinish darajasidan tashqari gaz, dietanolamin va metildietanolamin tarkibidagi H2S/CO2 larning miqdoriy nisbatiga bog‘liqligi aniqlangan;
tabiiy va ikkilamchi gazlarni nordon komponentlardan kompozision sorbentlar bilan tozalash texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompozision sorbentlar bilan tabiiy hamda ikkilamchi gazlarni oltingugurt birikmalaridan tozalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida azot- va aminsaqlovchi polielektrolit qo‘shimchali kompozision absorbentni olish texnologiyasi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda 2020–2021 yillarda amaliyotga joriy qilish uchun rejaga kiritilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 7 martdagi 8-2/ShJ-1120-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida yangi kompozision absorbentni ishlab chiqarish imkonini beradi;
dietanolamin va metildietanolamin absorbentlari asosida yaratilgan, tarkibida azot- va aminsaqlovchi qo‘shimchalarni tutgan kompozision absorbentni «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda 2020–2021 yillarda amaliyotga joriy qilish uchun rejaga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AKning 2019 yil 2 apreldagi 02/12-1-64-son ma’lumotnomasi). Natijada gazlarni nordon komponentlardan tozalashni absorbsion hajmi 2 barobarga oshirish hamda xorijdan import qilinadigan absorbentlar miqdorini 10–15% kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish