Nurmatova Nargiza Fatxullaevnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Bolalarda surunkali gepatit V va lyamblioz invaziyasi: o‘zaro ta’siri, tashxis va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.09-pediatriya (tibbiyot fanlari)
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /mustaqil izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 27.03.2014/B2014.2.Tib334
Ilmiy maslahatchi: Inoyatova Flora Il`yasovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi 16.07.2013. Tib. 18.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy oppenentlar: Tuychiev Laziz Nodirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Fazlitdin Sayfievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Osipova Svetlana Olegovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: «Bolalar infeksiyasi ilmiy-tekshirish instituti federal tibbiy-biologik agentligi» federal davlat byudjet tashkiloti (Sankt-Peterburg).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Bolalarda SGV ning klinik-laborator ko‘rsatkichlariga lyamblioz invaziyasining ta’sirini o‘rganish va ichak mikrobiotsenozi korreksiyasida individual yondoshish bilan lyambliyaga qarshi terapiyani ishlab chiqarish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SGV bilan og‘rigan bolalarda G.lamblia ni aniqlashning zamonaviy tashxislash testlarining informativliligi: PZR usulida DNA G.lamblia ni aniqlash va immunofluoressensiya usulida fekaliyda spesifik antigenni aniqlash ko‘rsatib berilgan. SGV bilan og‘rigan bolalarda lyamblioz invaziyasi aktivatsiyasining diagnostik ahamiyatga ega bo‘lgan mezonlari aniqlangan.
SGV va ichak lyambliozi bilan og‘rigan bolalarda virusli-parazitar infeksiyasida kasallikning klinik-biokimyoviy xususiyatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, bunda kasallikning jadal zo‘rayishi, hamda SGV ning klinik-biokimyoviy sindromlarining uzoq vaqt davom etishi bilan xarakterlangan.
ichak lyamblioziga xos bo‘lgan shartli-spesifik simptomlar aniqlangan bo‘lib, terida depigmentatsiyalangan sohalarning mavjudligi, qorin g‘o‘ldirashi, og‘iz burchaklari atrofining bichilishi, bruksizm va enurez holati bilan kechishi aniqlangan.
SGV bilan og‘rigan bolalarda G.lamblia ning organizm sensibilizatsiyasini rivojlanishidagi ishtiroki G.lamblia antigeniga bo‘lgan antigen bog‘lovchi limfotsitlar holati o‘rganilib, u lyamblioz invaziyasi bilan SGV rivojlanishining patogenetik mexanizmidagi sensibilizatsiya va autosensibilizatsiya rolini ko‘rsatgan.
qo‘shma virusli-parazitar infeksiyada gepatotoksikligi kam bo‘lgan va samarali antiparazitar Nifuratel preparati bilan lyambliyaga qarshi davolashning samaradorligi ko‘rsatilgan.
SGV bilan og‘rigan bolalarda ichak mikroflorasining sifat va miqdoriy jihatidan o‘zgarishi, ichak disbakteriozining rivojlanishida lyamblioz invaziyasining ahamiyati aniqlangan. Bunda ichak mikrobiotsenozida bifido-, laktobakteriyalar, tipik ichak tayoqchalarning kamayishi/yo‘qligi bilan birga, zamburug‘-stafilokokkli simbioz rivojlanishi, organizmda endotoksik moddalarning yig‘ilishi va gepatotsitlarning shikastlanishiga olib kelinishi, hamda o‘zaro bir-birini og‘irlashtiruvchi patologik jarayonlar rivojlanishi aniqlangan.
ilk bor SGV bilan og‘rigan bolalarda in vitro testi orqali buzilgan ichak mikrobiotsenozining korreksiyasini samarali o‘tkazishga imkon beruvchi, organizmning individual sezgirligini baholash usuli ishlab chiqilgan. Ushbu testning samaradorligini baholash mezonlari ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
SGV bilan og‘rigan bemor bolalarda hamroh lyamblioz invaziyasini erta aniqlashda qo‘llaniladigan samarali zamonaviy diagnostika usullari, qo‘shma virusli-parazitar infeksiyada samarali antiparazitar davolash usuli va buzilgan ichak mikrobiotsenozini korreksiyasini organizmning individual sezgirligini baholash orqali samarali o‘tkazishga imkon beruvchi yangi usullari, Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RIPIATM klinikasi, Jizzax va Navoi viloyat bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Toshkent viloyati Zangiota tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliyotiga tadbiq qilingan. Taklif qilingan usul asosiy kasallikning stabilizatsiyasiga erishishiga (60,0%) va jigarda patologik jarayonning regressiga (SGV ning kuchli ifodalangan shakllarini o‘rtacha ifodalangan shaklga o‘tishi – 12% va o‘rtacha shakllarining minimal shakliga o‘tishi - 20% holatlarda va bironta ham bemorda kasallikning zo‘raymasligiga) imkon berdi, hamda jigar sirrozi va gepatotsellyulyar karsinoma kabi salbiy yakun topishining oldini oldi, bu bilan bemor bolalar hayot sifatining yaxshilanishiga olib keldi. Bunda bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqti - 5,6 o‘rin-kunga va shu bilan birga, medikamentoz davoga ketgan sarf-xarajatlar kamaygan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 12.01.2016 yildagi 8 N-z/35-sonli xulosasi).