Meliev Baxtiyor Abduxomidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta Zarafshon landshaftlarini tadqiq etishda zamonaviy (aerokosmik, matematik, geoinformatsion) metodlardan foydalanish», 11.00.01–Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Gr69.
Ilmiy rahbar: Safarov Eshkobul Yuldashevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.30.05.2018.G.02.07.
Rasmiy opponentlar: Rafiqov Vahob Asomovich, geografiya fanlari doktori; Toshov Xudoynazar Ramazonovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: landshaft komplekslarini aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
landshaftlardagi dinamik jarayonlarni monitoring qilishning aerokosmik usuli ko‘p zonali kosmik suratlar spektrining eng optimal diapazonlarini aniqlash orqali takomillashtirilgan;
Samarqand viloyati tabiatini muhofaza qilish kartasining asosi bo‘lgan 1:300 000 masshtabli O‘rta Zarafshonning landshaft kartasi kosmik suratlar asosida GISdan foydalanib yaratilgan;
Oqtog‘ning janubiy yonbag‘ridagi tekisliklarda rel`ef shakllarini hosil bo‘lish zonalarini ajratishda ENVI 4.5 dasturini qo‘llab erozion tekisliklarni matematik modeli yaratilgan va kosmik suratlarni deshifrovka qilish algoritmi takomillashtirilgan;
O‘rta Zarafshon havzasi landshaftlarining vizuallashtirilgan uch o‘lchamli (1:200 000 masshtabli) modelini yaratishda ilk bor SRTM (Shutle Radar Topographis Mission) algoritmi qo‘llanilib, ekspozision xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Landshaftlarni tadqiq etishda zamonaviy metodlardan foydalanish bo‘yicha olinganilmiy natijalar asosida:
landshaft komplekslarida ro‘y berayotgan dinamik o‘zgarishlarni tahlil qilish metodlaridan O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida landshaftlar strukturasidagi o‘zgarishlarni aniqlashda foydalanilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 8 fevraldagi 02-02-1051-son ma’lumotnomasi). Natijada landshaftlarda sodir bo‘layotgan paragenetik jarayonlarni aniqlash va geosistemalardan foydalanish rejasini takomillashtirish imkonini bergan;
kartografik modellashtirish va kartalarni GIS texnologiyalari asosida yaratishga doir ilmiy ishlanmalari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 8 fevraldagi 02-02-1051-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat o‘lkashunoslik atlasi tarkibidagi “Tabiatni muhofaza qilish kartasi”ni yaratish imkonini bergan;
landshaftlaridagi erozion jarayonlarning matematik modeli va uning asosida kosmik suratlarni deshifrovka qilish algoritmidan O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida vegetatsion indekslarni aniqlashda foydalanilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 8 fevraldagi 02-02-1051-son ma’lumotnomasi). Natijada kosmik suratlarni deshifrovka qilish algoritmini takomillashtirish imkonini bergan;
O‘rta Zarafshon havzasining 3D modelidan O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida landshaftlarning vizual holatini aniqlashda foydalanilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 8 fevraldagi 02-02-1051-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orma dehqonchilik hududlaridan maqsadga muvofiq foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish