Babaxanova Zebo Abdullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kamyob er elementlar, grafit va tal`kli xomashyolar asosida olovbardosh materiallar va kompozitlar ishlab chiqarishning texnologik asoslari», 02.00.15–Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/T166.
Ilmiy maslahatchi: Aripova Mastura Xikmatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Gulamova Dilbar Djuraevna, kimyo fanlari doktori, professor; Atakuziev Timur Azimovich, texnika fanlari doktori, professor; Iskanderov Axmed Maksetbaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kamyob er elementlar, grafit va tal`kli xomashyolar asosida olovbardosh materiallar va kompozitlarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori olovbardoshlik va shlakka chidamli keramik material va kompozitlar olish uchun mahalliy xomashyolar grafit va grafitli slaneslar, Zinel`buloq tal`k-magnezitining fizik-kimyoviy va strukturaviy xossalari hamda boyitish texnologiyalari ishlab chiqilgan;
grafitli slaneslarning boyitish darajasi va tezligiga texnologik omillarining ta’siri isbotlangan;
grafit-keramik materiallarni turli sharoitlarda sintez qilish usullari, sintez qilingan materiallar strukturasi va xossalariga komponentlarning ta’siri, yuqori olovbardosh va shlakka chidamli keramik materiallar olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
mahalliy xomashyo va olovbardosh to‘ldirgichlar asosida MgO-Al2O3-SiO2 sistemasida matematik rejalashtirish yordamida yangi turdagi grafit va tal`kli keramik materiallarning fazalar hosil bo‘lishiga turli komponentlarning korrelyasion ta’siri isbotlangan;
kremniyorganik birikmalar yordamida «Active-Filler-Controlled Pyrolysis» (AFCOP) yo‘naltirilgan piroliz texnologiyasi usulida texnik va olovbardosh keramik materiallar olish jarayonining qonuniyatlari aniqlangan va ilk bor bir bosqichli texnologiya bo‘yicha kamyob-er elementlar tutgan ikkita spektr diapazonida nurlanuvchi lyuminessent material olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kaolin-grafit sistemasida mullitli olovbardosh grafitkeramik mahsulotlar ishlab chiqarish tarkibi va texnologiyasi yaratilgan;
mahalliy xomashyolar asosida olovbardosh grafitkeramik va forsteritli mahsulotlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Grafit va tal`kli xomashyolar asosida olovbardosh hamda shlakka chidamli materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida yuqori olovbardosh forsteritli va grafitkeramik mahsulotlar olish texnologik shartlari «O‘zkimyosanoat» AJ nizomining 67-bandiga asosan «Ogneupor» savdo-sanoat korxonasi tomonidan tasdiqlangan («O‘zkimyosanoat» AJning 2014 yil 16 oktyabrdagi 114-son buyrug‘i). Natijada mahalliy xomashyolar asosida yaratilgan olovbardosh forsteritli va grafitkeramik mahsulotlar olish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo grafitli slanesni boyitish texnologiyasi «Ogneupor» savdo-sanoat korxonasida amaliyotga joriy etilgan («Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2019 yil 15 maydagi 03/06-358-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijdan olib kelinadigan grafitli kompozisiyani 100% almashtirish imkonini bergan;
grafitkeramik va shpinel-korund olovbardosh materiallar tarkibi va olish texnologiyasi «Ogneupor» savdo-sanoat korxonasida amaliyotga joriy etilgan («Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2019 yil 15 maydagi 03/06-358-son ma’lumotnomasi). Natijada grafitkeramik va shpinel-korund materiallar asosida yangi turdagi yuqori olovbardosh va shlakka chidamli buyumlar ishlab chiqish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosida grafitkeramik mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi Farg‘ona viloyati «Madaminov M.M.» XT g‘isht ishlab chiqarish korxonasida amaliyotga joriy etilgan («Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2019 yil 15 maydagi 03/06-358-son; «OʻzqurilishmateriallariLITI» MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazining 2019 yil 24 maydagi 52-son ma’lumotnomalari). Natijada mahalliy grafit asosida olingan yuqori olovbardosh va shlakka chidamli g‘ishtning tan narxini 6 barobar kamaytirish va ishlash vaqtini 1,5 barobar oshirish imkonini bergan.