Tojikulova Oysora Jurakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘ir metallar ta’sirida indusirlangan mitoxondriya disfunksiyasi mexanizmlari va ularni o‘simlik birikmalari bilan korreksiyalash», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi, 03.00.02–Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V143.
Ilmiy rahbarlar: Asrarov Muzaffar Islamovich, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullaeva Gulbohor Tolibjonovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.29.12.2018.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarova Lyubov` Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Melanova Nazira Rashidovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘ir metallar intoksikatsiyasida etuk va sut emish davrlaridagi kalamushlar jigar mitoxondriya membranasi buzilishlari mexanizmlarini aniqlash va ularni o‘simlik biofaol moddalari bilan korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Pb2+va Cd2+ kabi og‘ir metallar ta’sirida kalamush jigar mitoxondriyasi disfunksiyasining mexanizmlari aniqlangan;
og‘ir metall tuzlari kompazisiyasining ta’sirida mitoxondriya membranasi passiv ion o‘tkazuvchanligining o‘zgarishlari isbotlangan;
og‘ir metallar ta’sirida kalamush jigari mitoxondriyalari disfunksiyasini «Gepamal», «Flateron» va protopin o‘simlik biofaol birikmalari korreksiyalashi aniqlangan;
laktatsiya davrida ona kalamushlar organizmining og‘ir metall tuzlari bilan intoksikatsiyasi sut orqali bolalariga ta’sir ko‘rsatishi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘ir metallar ta’sirida indusirlangan mitoxondriya disfunksiyasi mexanizmlari va ularni o‘simlik birikmalari bilan korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
og‘ir metall tuzlarini ta’sir qiluvchi kichik dozalarini aniqlash Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida atrof-muhitni og‘ir metall tuzlari bilan ifloslanish va kimyoviy moddalarni qo‘llash bo‘yicha me’yorlarini belgilashda hamda sanitariya-gigiena reglamentlarini ishlab chiqishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 23 noyabrdagi 03-03/2-4527-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand viloyatining antropoekologik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda ekologik muammolarni bartaraf etish imkonini bergan;
og‘ir metallar intoksikatsiyasida mitoxondriya disfunksiyasi va ularni o‘simlik birikmalari bilan korreksiyalash FA-A10-T086 raqamli «Alkogolizm va unga bog‘liq asoratlarni davolash va profilaktika qilishning yangi uslublarini ishlab chiqish» loyihasida surunkali alkogolizm sharoitida hujayra energetik metabolizmi buzilishlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 12 dekabrdagi 4/1255-3245-son ma’lumotnomasi). Natijada alkogolni organizmga surunkali ta’siri natijasidagi buzilishlarni biologik faol moddalar bilan korreksiya qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish