Jovliev Sirojiddin Suyunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vibrodempfrlovchi kompozision polimer materiallarning samarali tarkibini va ular asosida qoplamalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07–Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T329.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjon Sodikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.27.06.2017.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent; Mixridinov Risqidin, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tozalash zavodlarida mashina va mexanizmlarning ishchi organlarida qo‘llaniladigan vibrodempfrlovchi zarbga mustahkam kompozision polimer materiallarning samarali tarkibini va ular asosida qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zgaruvchan tebranish sharoitida ishlatiladigan polimer va kompozision materiallardan qoplamalar olishda organomineral to‘ldiruvchilarning o‘zaro ta’siri va o‘zgarishi aniqlanib, paxtani qayta ishlash sanoatida mashina va mexanizmlarning mustaxkamligini oshiruvchi qoplamalar olishning samarali texnologiyasi yaratilgan;
vibrodempfrlovchi kompozision polimer materiallarning fizik-mexanik xossalari organomineral to‘ldiruvchilar va polimer bog‘lovchilarning tuzilishi, turi, miqdori va nisbatlariga bog‘liqligi isbotlangan;
vibrodempfrlovchi kompozision polimer materiallarga kukunsimon elastomerlarning qo‘shilishi elastiklik modulining pasayishi va adgezion mustahkamligining ortishi, qovushqoq elastik xossalarining yaxshilanishiga hamda olingan qoplamaning zarbaga chidamliligining ortishiga, disperslangan organomineral to‘ldiruvchilarning qo‘shilishi esa vibrodempflovchi kompozision polimer qoplamalarning fizik-mexanik xossalarining o‘zgarishiga olib kelishi aniqlangan;
kompozisiya tarkibiga bir vaqtning o‘zida elastomer kukuni va disperslangan organomineral to‘ldiruvchilar qo‘shib yuqori vibrodempfrlovchi va fizik-mexanik xossalarga ega, ayniqsa ishlab chiqarish joylarida shovqinni sezilarli darajada pasaytiruvchi, zarbaga bardoshli vibrodemprlovchi kompozision polimer material va ular asosida qoplamalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vibrodempfrlangan kompozision polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarning samarali tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vibrodempfrlovchi kompozision polimer qoplamalar Bo‘ka paxta tozalash zavodidagi mashina va mexanizimlarning ishchi organlari va korpuslarini qoplashda joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2019 yil 01 apreldagi 02/18/2033-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish joylarida shovqin darajasini 10–14 dB ga pasaytirish,chigitning shikastlanish darajasini kamaytirish va ekologik muhitni yaxshilash imkonini bergan;
vibrodempfrlovchi kompozision polimer materiallarning yangi tarkibi Piskent paxta tozalash zavodining djin va linter korpuslarini, paxtani chigitdan ajratuvchi uskunalarda, havo purkagichlarini qoplashda joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2019 yil 01 apreldagi 02/18/2033-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tozalash mashina va mexanizmlari ishchi organlarini, djin va linter korpuslarini, paxtani chigitdan ajratuvchi uskunalarni, havo purkagichlarni ishlash muddatini uzaytirish imkonini bergan.