Umrzoqov Abdulla Toshtemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geterogen katalitik usulda atsetilen spirtlari sintezi va ularning xossalari», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T982.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Turgunov Erxon, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geterogen katalitik usulda atsetilen spirtlari va diollari olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
formal`degid, sirka al`degid, atseton va metiletilketonlarni atsetilen bilan etinillash reaksiyalariga ko‘p komponentli geterogen katalizatorlari yaratilgan;
ko‘p komponentli geterogen katalizatorlarni formal`degid, sirka al`degid, atseton va metiletilketonlarni atsetilen bilan etinillash reaksiyalariga bosim, harorat, komponentlar mollar nisbati, katalizator tabiati va miqdoriga ta’siri aniqlangan;
yaratilgan katalizatorlarni al`degid va ketonlarni atsetilen bilan etinillash reaksiyalaridagi nisbiy faollik qatori aniqlangan;
mahsulot unumiga peptizatorlar tabiatining ta’siri va ularni nisbiy faollik qatori aniqlangan;
mahsulot unumiga o‘zaklar tabiatining ta’siri va ularni nisbiy faollik qatori aniqlangan;
geterogen katalitik usulda atsetilen spirtlari olish hamda katalizatorlar tayyorlash  texnologiyalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Geterogen katalitik usulda atsetilen spirtlari sintezi uchun katalizatorlar yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyo asosida mis-vismut-nikel`-kaolinli katalizator ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2019 yil 7 fevraldagi 85-son ma’lumotnomasi). Natijada geterogen katalitik usulda atsetilen spirtlari olishda xorijdan olib kelinayotgan katalizatorlarni 100% almashtirish imkonini bergan;
olingan atsetilen spirtlari metallar korroziyasini oldini olish uchun ingibitor «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2019 yil 29 yanvardagi 57-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijdan olib kelinayotgan metallar korroziyasiga qarshi ingibitorni almashtirish hisobiga 20% valyuta iqtisod qilish va metallar korroziyasi bardoshliligini 8%ga oshirish imkonini bergan;
yaratilgan katalizatorlar asosida butin-2-diol-1,4 va geksin-3-diol-2,5 defoliantlar olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2018 yil 12 apreldagi 210-son ma’lumotnomasi). Natijada defoliantlik sifatini 35% oshirish imkonini bergan;
yaratilgan katalizatorlar asosida olingan uchlamchi atsetilen spirtlari dimetiletinilkarbinol, metiletiletinilkarbinollar Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi fermer xo‘jaliklarida bug‘doy stimulyatori sifatida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 9 yanvardagi 02/023-8-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doyning «Tanya» navi uchun dimetiletinilkarbinol va metiletiletinilkarbinol stimulyatorlar mos ravishda hosildorlikni o‘rtacha 4,3 s/ga va 3,7 s/ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish