Egamberdiev Xamrokul Tursunkulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda antropogen omillarni hisobga olgan holda atmosfera tiniqligining quyosh energiyasi resurslariga ta’siri», 11.00.04–Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Gr13.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27.06.2017.G.47.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev A’lo Kayumxodjaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Rafikov Vaxob Asomovich, geografiya fanlari doktori; Tleumuratova Bibigul` Saribaevna, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda antropogen omillarning Quyosh energiyasi resurslariga ta’sirini hisobga olgan holda atmosfera tiniqligining iqlimiy-statistik rejimi hamda fazo va vaqt bo‘yicha taqsimotini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor atmosfera tiniqligining yangi ko‘rsatkichi radiatsiyaning integral oqimi uchun Buger-Lambert-Ber qonuni bo‘yicha to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasining yalpi kuchsizlanish koeffisientini hisoblash metodini takomillashtirish yo‘li bilan to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasining me’yorlashtirilgan kuchsizlanish koeffisienti ko‘rinishida ishlab chiqilgan;
ideal atmosferada 0 dan 5 km gacha bo‘lgan havo ustunida to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasi kuchsizlanishining me’yorlashtirilgan koeffisientini hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonning tabiiy-geografik sharoitlari uchun suv bug‘i va atmosfera aerozoli hisobiga to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasi kuchsilanishining me’yorlashtirilgan koeffisientini hisoblash metodikasi suvning keltirilgan qatlamini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
korrelyasion tahlil asosida to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasini o‘lchashlarning vaqt qatorlarida yo‘qotilgan ma’lumotlarni tiklash metodikasi ishlab chiqilgan;
atmosfera tiniqligining er usti monitoringi funksional sxemasi va to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasi kuchsizlanishining me’yorlashtirilgan koeffisienti asosida havo massalarini identifikatsiyalash metodikasi ishlab chiqilgan;
joyning geografik kengligi va dengiz sathiga nisbatan balandligini hisobga olib takomillashtirilgan kartalashtirish metodikasi asosida to‘g‘ri va yalpi Quyosh radiatsiyasining mavsumiy yig‘indilari kartalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda Quyosh energiyasi resurslariga atmosfera tiniqligining ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
atmosfera tiniqligi yangi ko‘rsatkichi-to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasi kuchsizlanishi me’yorlashtirilgan koeffisienti Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 10 martdagi 2/4/24-625-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda gelioresurslarning fazoviy taqsimlanishi uchun kelayotgan to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasi miqdorini baholash imkonini bergan;
to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasining ideal atmosferada kuchsizlanishi me’yorlashtirilgan koeffisientlari Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 10 martdagi 2/4/24-625-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasining ideal atmosfera hisobiga kuchsizlanishi me’yorlashtirilgan koeffisientlari to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasining umumiy kuchsizlanishida bu tashkil etuvchining hissasini miqdoriy aniqlash imkonini bergan;
to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasining suv bug‘i va atmosfera aerozoli hisobiga kuchsizlanishi me’yorlashtirilgan koeffisientlari Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 10 martdagi 2/4/24-625-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasining suv bug‘i va atmosfera aerozoli hisobiga kuchsizlanishi me’yorlashtirilgan koeffisientlari to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasining umumiy kuchsizlanishida bu tashkil etuvchilarning hissasini miqdoriy aniqlash imkonini bergan;
to‘g‘ri Quyosh radiatsiyasining uzoq davr mobaynida o‘lchangan yo‘qolgan ma’lumotlari tiklash metodikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 10 martdagi 2/4/24-625-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu metodikani qo‘llash atmosfera tiniqligi ko‘rsatkichining davriy dinamikasini aniqlash imkonini bergan;
atmosfera tiniqligi er usti monitoringi funksional sxemasi va to‘g‘ri Quyosh radatsiyasi kuchsizlanishi me’yorlashtirilgan koeffisienti qiymatlari asosida havo massalarini identifikatsiyalash metodikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 10 martdagi 2/4/24-625-son ma’lumotnomasi). Natijada, er usti monitoringi funksional sxemasi atmosferaga chiqarilayotgan ifloslatiruvchi manbalarni tezkor darajada kuzatishib borish imkonini bergan;
to‘g‘ri va yalpi Quyosh radiatsiyasining mavsumiy va yillik yig‘indilarini kartalashning takomillashtirilgan metodikasi, ishlab chiqilgan to‘g‘ri va yalpi radiatsiyaning tabiiy-geografik taqsimoti kartalari Qishloq xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 22 yanvardagi 01-032-41-son ma’lumotnomasi). Natijada, gelioresurlarning taqsimotiga bog‘liq holda O‘zbekiston hududida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish samaradorligini sezilarli oshirish imkonini bergan.