Kadirov Kamoliddin Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iste’molchilar energiya samaradorligini oshirishda vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflarni qo‘llash», 05.05.01–Energetika tizimlari va majmualari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T273.
Ilmiy rahbar: Muratov Xakim Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zbekenergo” AJ “Ilmiy-texnika markazi” MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Sadullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Ikromjon Usmonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektr energiyasiga vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflarni qo‘llashni texnik-iqtisodiy asoslash va uning iste’molchilar energetik samaradorligiga ta’sirini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarish korxonalari elektr energiyasi iste’moli samaradorligini oshirish uchun vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflarni qo‘llash asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi elektr energetikasi tizimida tariflar tizimining tahlili va vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflarni qo‘llash istiqbollari baholangan;
vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflarni qo‘llashni asoslash uchun aholi yashash joylari elektr energiyasi iste’moli tahlil etilgan;
turli tariflar bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli parametrlari optimallashtirilgan;
ertalabki va kechki “pik” davrlarda vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflardan foydalanib energetika tizimi yuklamalar davrini tartibga solish uchun tungi davrlarda energiya iste’molini oshirish evaziga “pik” davrlardagi yuklamani tushirish usuli taklif etilgan;
iste’molchilarning sutkalik min va max quvvatlari hamda iqtisodiy o‘zgarishlarini aks ettiradigan funksiyalarni ifodalovchi kompyuter dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimini qo‘llash asosida:
ertalabki va kechki «tig‘iz» davrlardagi elektr yuklamani tushirish usuli «WANGDA METAL» MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2019 yil 19 martdagi 11/JM-10-3323-son ma’lumotnomasi). Natijada yillik elektr energiyasi iste’mol xarajatlari 134 806 564 so‘m miqdorida tejashga erishilgan;
elektr energiya iste’molining maqbul davrlari «WANGDA METAL» MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2019 yil 19 martdagi 11/JM-10-3323-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning ishlab chiqarilgan har bir tonna mahsulotining tannarxi o‘rtacha 266 000 so‘mga arzonlashtirishga erishilgan;
elektr energiya iste’mol qilish davrlari ko‘rsatkichlarini monitoring qilish tizimi «WANGDA METAL» MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2019 yil 19 martdagi 11/JM-10-3323-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning yillik elektr energiya iste’molining 66% miqdori tungi rag‘batlantirilgan davrga o‘tkazilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish