Boltaev Otabek Tashmuxammatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘zg‘aluvchan elektromagnit ekranli va tarqoq parametrli magnit zanjirlari va qurilmalarni tadqiq etish», 05.05.02–Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T691.
Ilmiy rahbar: Amirov Sulton Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor; Abidov Kudrat Gayratovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘zg‘aluvchan ekranli va tarqoq parametrli magnit zanjirlari hamda qurilmalarining matematik va kompyuter modellarini ishlab chiqish, hisoblash usullarini takomillashtirish hamda eksperimental qurilmani yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘zg‘aluvchan ekran o‘rnatilish joyining magnit oqimi taqsimlanishiga ta’sirini baholash uchun qo‘zg‘aluvchan ekranli va tarqoq parametrli magnit zanjirlarining matematik modellari ishlab chiqilgan;
qo‘zg‘aluvchan ekranli va tarqoq parametrli magnit zanjirlari va qurilmalarining matematik va kompyuter modellari ishlab chiqilgan;
qo‘zg‘aluvchan ekranli va tarqoq parametrli magnit zanjirlari va qurilmalarining hisoblash usullari takomillashtirilgan;
sezgirligi va aniqligi yuqori hamda chiziqli statik tavsiflarga ega bo‘lgan qo‘zg‘aluvchan ekranli va tarqoq parametrli magnit zanjirlari va qurilmalarining yangi konstruksiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘zg‘aluvchan elektromagnit ekranli va tarqoq parametrli magnit zanjirlar va qurilmalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
magnitoelastik kuch datchigi qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04866, 2014 y.). Natijada magnitoelastik kuch datchigining magnit tizimi asosida sezgirligi, aniqligi va o‘zgartirish funksiyasi chiziqliligi nisbatan yuqori bo‘lgan burchak siljishni elektr kuchlanishga o‘zgartirib beradigan qurilmani yaratish imkonini bergan;
sezgirligi va aniqligi hamda o‘zgartirish funksiyasi chiziqliligi nisbatan yuqori bo‘lgan burchak siljishni elektr kuchlanishga o‘zgartiruvchi qo‘zg‘aluvchan elektromagnit ekranli va tarqoq parametrli yangi qurilma “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Toshkent” elektr ta’minoti distansiyasiga qarashli “Rahimov” kontakt tarmog‘idagi kompensatsiyalovchi yuk holatini nazorat qilish va uning nosozligini aniqlash hamda o‘zgarish holati haqidagi ma’lumotlarni oluvchi qurilma sifatida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2019 yil 6 maydagi NZD/2438-19-son ma’lumotnomasi). Natijada elektrlashgan temir yo‘llardagi kompensatsiyalovchi yuk moslamasi holatini avtomatik nazorat qilish va uni nosozligini o‘z vaqtida aniqlash hamda o‘zgarish holati haqida ma’lumotlarni olishga erishilgan.
qo‘zg‘aluvchan ekranli va tarqoq parametrli magnit zanjirlari va qurilmalarining matematik modellari va ularni hisoblashning takomillashtirilgan usullari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Toshkent” elektr ta’minoti distansiyasiga qarashli “Rahimov” kontakt tarmog‘i uchastkasida kompensatsiyalovchi yuk moslamasi holatini nazorat qilish va uning nosozligini aniqlash hamda o‘zgarish holati xaqidagi ma’lumotlarni olish uchun joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2019 yil 6 maydagi NZD/2438-19-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘zg‘aluvchan ekranli va tarqoq parametrli magnit zanjirlari va qurilmalarini hisoblash aniqligining ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish