Bozorov Elmurod Ostanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nematodaga qarshi elektr impul`sli ishlov berish», 05.05.07–Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T927.
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Ashiraf, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Ishnazarov Oybek Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Olimjon Tursunovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sabzavot-poliz ekinlarining zararli nematodasiga qarshi elektr impul`sli ishlov beradigan ekologik sof elektrotexnologik usulni amalga oshiradigan qurilmani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zararlangan pomidor va bodring o‘simliklari ildiz poyasida joylashgan nematoda gijjalari va gallalariga qarshi ishlov berishning yuqori kuchlanishga ega elektr impul`sli ishlov berish usuli ishlab chiqilgan;
nematodalar bilan zararlangan o‘simliklar ildiz poyasiga elektr impul`sli ishlov beradigan qurilmaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan va yuqori kuchlanishli impul`s razryadlari qurilmasining bir chiziqli elektr ulanish sxemasi asoslangan;
nematodalarga qarshi elektr impul`s bilan ishlov berishdagi yuqori kuchlanish tok razryadlarining miqdori nematodalarning nobud bo‘lishini ta’minlaydigan zarbaviy ta’sirini hisobga olgan holda aniqlangan;
qurilma bilan nematodalarga qarshi ishlov berish vaqt davomiyligi o‘simlik ildizi orqali elektr toki o‘tib, unga yopishgan nematodalarni kerakli darajada qizdirib parchalanishini ta’minlash asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nematoda bilan zararlangan ildiz poyalariga elektr impul`sli ishlov berish qurilmasining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sabzavot-poliz ekinlarining zararli nematodasiga qarshi elektr impul`sli ishlov berish usuliga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan («O‘simliklarga elektr impul`sli ishlov berish usuli», №IAP 02758-2003 y.). Natijada nematoda bilan zararlangan sabzavot-poliz ekinlari ildiziga yuqori kuchlanish tok razryadlariga ega bir fazali yoysimon elektrodlar bilan elektr impul`sli ishlov berish usulini yaratish ikonini bergan;
elektr impul`sli ishlov berish qurilmasi Toshkent va Surxondaryo viloyatlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 1 apreldagi 02/029-213-son ma’lumotnomasi). Natijada pomidor va bodring ekinlari ildizlaridagi nematoda gijjalari va tuxumlarini 80% dan 100% gacha nobud qilish imkoni yaratilgan;
sabzavot-poliz ekinlarining nematoda bilan zararlangan ildiz poyalariga yuqori kuchlanishli tok razryadiga ega elektr impul`s bilan ishlov berish qurilmasi Toshkent shahridagi «G‘ani Maxmud Abdullaev» markaziy issiqxonasida, markaziy Limonariyada joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 1 apreldagi 02/029-213-son ma’lumotnomasi). Natijada pomidor va bodring o‘simligining ildiz poyasidagi nematodalarning tiriklik koeffisientini 1,4 gacha kamaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish