Xankeldieva Xurmatxon Qamchievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bronxial astma bilan kasallangan bolalarda vegetativ va tireoid statuslarning xususiyatlari», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib58.
Ilmiy rahbar: Alimdjanov Ibroxim Inamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashov Ilxom Ruzievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bronxial astma bilan kasallangan bolalarda vegetativ va tireoid statuslarning xususiyatlarini aniqlash va vegetativ disfunksiya rivojlanishining prognozlash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bronxial astmali bemorlarda gipotireoz mavjudligi va vegetativ reaktivlikning buzilishi tashqi nafas olish holati buzilishining chuqurlashuviga olib kelishi aniqlangan;
bronxial astma bilan kasallangan maktab yoshidagi bolalarda qalqonsimon bez gormonlari miqdori, vegetativ asab tizimi ko‘rsatkichlari va kasallik kechishining og‘irligi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor tinch holatda simpatik bo‘lim tonusining pasayishi organizm vegetativ ta’minot faoliyatining etishmasligi asosida asimpatikotoniya kuzatilishi aniqlangan;
bronxial astma og‘irlik darajasini bashoratlash uchun vegetativ status buzilishlari va tireoid faoliyat o‘zgarishlari asosida prognostik mezonlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bronxial astma bilan kasallangan bolalarda vegetativ va tireoid statuslar xususiyatlarini aniqlash va tashxislashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Vegetativ va tireoid status faoliyatlari buzilishi rivojlanishi xavfini asosli tibbiyot nuqtai nazaridan matematik baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 28 martdagi 8n-d/17-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma vegetativ va tireoid status faoliyatlari buzilishi xavfini aniqlash, tashxislash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Qalqonsimon bez faoliyati buzilishi bo‘lgan bolalarda bronxial astma kasalligi klinik ko‘rinishlarining xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 28 martdagi 8n-d/17-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma qalqonsimon bez faoliyati buzilishi bo‘lgan bolalarda bronxial astma kasalligi klinik ko‘rinishlarini erta tashxislash, bashoratlash va kelib chiqadigan asoratlarini oldini olishga xizmat qilgan;
bronxial astma bilan kasallangan bolalarda vegetativ va tireoid statuslar xususiyatlarini aniqlash va tashxislashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali va Andijon viloyati Andijon tumani markaziy shifoxonasi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi 8n-z/213-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshirgan, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali kasallik takrorlanish muddatini uzaytirish, asoratlarini kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda bemorlarning statsionarda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish