Tursunova Nodira Isroilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon tanasi saratonida r53 i bcl-2 genlarining ahamiyati va ularning prognozdagi ahamiyati», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib660.
Ilmiy rahbar: Ataxanova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Abrorjon Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori; Sultanov Saidazim Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.N. Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: differensirlangan yondashuv orqali bachadon tanasi saratonini kombinirlangan davosining natijalarini yaxshilash hamda kasallikni bashoratlashda p53 va bcl-2 genlarining tashxisotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bachadon tanasi saratoni bilan xastalangan bemorlarda operatsiyadan oldingi nur davolashdan keyin immunogistokimyoviy tekshiruv yordamida o‘smada p53 i bcl-2 gen ekspressiyalari o‘zgarishi isbotlangan;
r53 va bcl-2 genlarning yuqori ekspressiyasi o‘smaning xavflilik darajasi va miometriyga invaziyasi kabi xavf omillari bilan to‘g‘ri korrelyasiyada ekanligi asoslangan;
bachadon tanasi saratonida kasallikni birlamchi davolashdan keyin kasallik qaytalanishi va metastazlar yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillar: o‘smaning bachadonda joylashuvi, kam uchrovchi gistologik turlari, r53 va bcl-2 genlarining operatsiya oldi braxiterapiyadan so‘ng ekspressiyasi yo‘qolmasligi kabilar asoslangan;
bachadon tanasi saratoni I bosqichida r53 va bcl-2 genlarining yuqori ekspressiyasi quyi differensirlangan adenokarsinoma, bezli-yassi hujayrali, seroz-papillyar karsinoma gistologik gistologik turlari bilan birgalikda uchraganida kasallik natijasi salbiy bo‘lgani uchun operatsiya oldi braxiterapiyasi qo‘llanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bachadon tanasi saratonida r53, bcl-2 genlarining kasallikni prognozlashdagi ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«P53 va Bcl-2 genlari ekspressiyasini aniqlash asosida bachadon tanasi saratonini differensial davolash usuli» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 maydagi 8n-r/99-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bachadon tanasi saratonida tashxsilash samaradorligini oshirish, davolash-tashxislash taktikasini takomillashtirish, kasallikni qaytalanmaslik davomiyligini uzaytirish va umumiy umr ko‘rish darajasini oshirish imkonini bergan;
bachadon tanasi saratonida r53, bcl-2 genlarining kasallikni prognozlashdagi ahamiyatiga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyat filiallari klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 iyundagi 8n-z/104-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi bachadon tanasi saratoni bilan kasallangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, iqtisodiy samaradorlikka, ya’ni bemorlarda kasallik residivsiz davrini hamda umumiy umr ko‘rish davomiyliligini oshirish orqali davolashga ketadigan umumiy sarf-xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.