Fayzieva Dilorom Bo‘ritoshevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Endogen uveitlarning diagnostikasi, klinik-immunologik tavsifi, davolash va profilaktikasi», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib47.
Ilmiy rahbar: Kamilov Xalidjan Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Ogaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston).
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Akademik S.N.Fedorov nomidagi Ko‘z mikroxirurgiyasi TITK MTTM (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endogen uveitlarning diagnostikasi, klinik-immunologik tavsifi, davolash va profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘ruv a’zolari qon tomirli qavatining yallig‘lanish kasalliklarida mahalliy va tizim darajalarida patogenetik noqulay reaksiyalar rivojlanib, ular qon zardobi va ko‘z yosh suyuqligida LII, IL-1β, FNO-α va IgG miqdorlarining ortishi bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan;
ORI, LEChTNI, LGI, LI ko‘rsatkichlarning qo‘llanilishi endogen uveitlarga aniq tashxis qo‘yishda, kasallik kechishini bashoratlashga hamda bemorlarni davolash muddatlarini qisqartirishga olib keluvchi samarali davolash usulini tanlash imkonini bergan;
bakterial va virus etiologiyali uveitlarda IL-1β, autoimmun etiologiyali uveitlarda esa IL-4, S-reaktiv oqsil, FNO-α, fibrinogen va neopterin miqdorining ortishi bilan namoyon bo‘luvchi ko‘ruv a’zolari qon tomirli qavatining mahalliy immun-yallig‘lanish jarayoni rivojlanishida organizm immun himoya tizimining ahamiyati aniqlangan;
virus etiologiyali uveitli bemorlarni davolash negizida IgA, IgM va IgG miqdorlarining kamayishi, yallig‘lanish markerlari (neoptirin, FNO-α va fibrinogen) miqdorlarining kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Endogen uveitlarning diagnostika, klinik-immunologik tavsifi, davolash va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Endogen uveitlarning diagnostikasida integral gematologik parametrlar” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 oktyabrdagi 8N-r/280-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma endogen uveitlarning sabablarini aniqlash, erta tashxis qo‘yish, kasallikni mahsuldor davolash va uning keskinlashuvini oldini olishga xizmat qilgan;
“Ko‘ruv a’zosi virusli kasalligini tashxislash va davolash” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 13 oktyabrdagi 8N-r/313-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma uveit kasalligini tashxislashni takomillashtirish, davolashni muqobillashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
endogen uveitlarning diagnostikasi, klinik-immunologik tavsifi, davolash va profilaktikasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika klinik oftal`mologik shifoxonasi, Jizzax, Navoiy, Farg‘ona va Samarqand viloyat ko‘z kasalxonalari amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 fevraldagi 8N-z/21-son ma’lumotnomasi) Joriy qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshirgan, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali kasallikning asoratlarini kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda bemorlarning statsionarda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka imkon yaratgan.