Adxamova Negina Pulatovnaning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fertil yoshidagi ayollarda giperprolaktinemiyaning klinik-genetik parallellari», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib18.
Ilmiy rahbar: Najmutdinova Dilorom Kamardinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xalimova Zamira Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori; Eshimbetova Gulsara Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.B.Doniyorov nomidagi Qirg‘iziston Respublikasi davlat vrachlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fertil yoshdagi ayollarda giperprolak-tinemiyani klinik va genetik polimorfizmlar asosida tashxislash va bashoratlash parametrlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fertil yoshdagi ayollarda qalqonsimon bezi disfunksiyasining organik va funksional giperprolaktinemiyaga o‘zaro bog‘liqlik parametrlari asoslangan;
ilk bor giperprolaktinemiyali o‘zbek millatiga mansub ayollardagi DRD2-reseptor genining kasallikka moyil polimorfizmi asoslangan;
o‘zbek millatiga xos ayollar irsiyatida geterozigota turdagi DRD2 genining S3420T i S 34238T polimorfizmi isbotlangan;
ayollarda DRD2 genining S3420T (rs 6275) polimorfizmidagi mutantli TT-genotipning tashuvchiligi giperprolaktinemiya rivojlanishiga prognostik omil, bu genotip funksional giperprolaktinemiyali ayollardagi autoimmun tireoidit, gipotireoz, ikkilamchi bepushtlik va amenoreya kasalliklar bilan bog‘liqligi  isbotlangan;
fertil yoshdagi ayollarda giperprolaktinemiyaning klinik va genetik parametrlarini tashxislashning bashoratlash parametrlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fertil yoshidagi ayollarda giperprolaktinemiyaning klinik-genetik parallellarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Fertil yoshidagi ayollarda giperprolaktinemiyani davolashga zamonaviy yondashuv» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 8n-z/48-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ayollarda giperprolaktinemiya natijasida yuzaga keladigan bepushtlikning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
fertil yoshidagi ayollarda giperprolaktinemiyaning klinik-genetik parallellari baholash natijasida samarasini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-2-3 klinikalari, Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan  akusherlik-ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 8n-z/48-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy etilishi nazorat ostiga olingan yuqori miqdoridagi prolaktinli ayollarning 39% da organik giperprolaktinemiya, 61% da funksional giperprolaktinemiya, ularning 54,6% da oligomenoreya, oligoopsomenoreya va opsomenoreya turidagi hayz sikli buzilishi kuzatilishi, shuningdek, bepushtlik uchrashi asoslangan. Giperprolaktinemiya hosil bo‘lishini bashoratlashda S3420T polimorfizmdagi TT-genotipli ayollarda prolaktin miqdorining o‘rtacha oshishi 42,2 ng/ml ni, S3420T polimorfizmdagi mutantlashgan TT-genotip funksional giperprolaktinemiyali ayollardagi gipotireoz, AIT, ikkilamchi bepushtlik va amenoreya kasalliklari bilan chambarchas bog‘liqligini asoslash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish