Xudayberdieva Mashxura Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Me’da saratoni residivi, prognoz omillari ta’siri, erta tashxislash va davolashni yaxshilash yo‘llari», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib662.
Ilmiy rahbar: Djuraev Mirjalol Dehqonovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov G‘olib Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish  vazirligi Respublika onkologiya ilmiy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: distal subtotal rezeksiyadan keyin me’da cho‘ltog‘ida saraton residivi rivojlanishining asosiy prognostik omillari o‘rnini va uni erta tashxislash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
me’da saratoni o‘smasining antral qismida joylashishi, o‘sma hujayralarining yuqori differensirovka darajasi, ekzofit o‘sish shakli va regionar limfa tugunlarida metastazlarning tarqalishi asosida distal subtotal rezeksiyasining o‘rni isbotlangan;
kompleks tashxislashda me’da saratonini jarrohlik davolashdan so‘ng SA 72-4 onkomarkeri dinamik monitoringini ta’minlash sifatida amaliyotdan keyin  birinchi oyi, keyingi birinchi va ikkinchi yillarning  har 3 oyi mobaynida nazoratning zarurligi  asoslangan;
  me’da cho‘ltog‘i ekstirpatsiyasida Bil`rot-1 bo‘yicha rezeksiyasidan keyin Gil`yarovich uslubida, Bil`rot-2 dan keyin esa RU uslubida eofagoeyunoanastomoz rekonstruksiyasini samarali tartibi isbotlangan;
me’da saratoni residivi bilan kasallanish darajasida past differensirlashgan adenokarsinoma, endofit shakli va tana qismiga o‘sishi kasallikni yuqori residiv jarayonining rivojlanish xavfining salbiy  ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Me’da saratoni residivi, prognoz omillari ta’siri, erta tashxislash va davolashni yaxshilash yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Me’da residivli saratonini erta tashxislash xususiyatlari va xavf omillari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 oktyabrdagi 8n-d/198-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma  me’da saratoni residivi, prognoz omillari ta’siri, erta tashxislash va davolashni yaxshilash yo‘llarini  ishlab chiqish, asoratlarini  samarali jarrohlik amaliyotini o‘tkazish hamda kasallikning qaytalanishlarsiz davrini oshirish imkonini bergan;
me’da saratoni residivi, prognoz omillari ta’siri, erta tashxislash va davolashni yaxshilash yo‘llarini takomillashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan va Sirdaryo filiallarining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 maydagi 8n-d/65-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma me’da cho‘ltog‘i saratonining mahalliy tarqalgan residivli saratonida me’da cho‘ltog‘ini kengaytirilgan-kombinirlashgan ekstirpatsiyasi jarrohlik amaliyotini qo‘llash imkonini berishi, bu esa operatsiyadan keyingi asoratlar sonining ishonchli kamayishi va uzoq muddatli 3 yillik umr ko‘rish  davomiyligining oshishini ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish