Irisov Djamshid Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «CYP2C9 va VKORC1 genlarining polimorfizmlari va ularning o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan, bo‘lmachalar fibrillyasiyasi mavjud bo‘lgan bemorlarda varfarin samaradorligiga ta’siri», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib200.
Ilmiy rahbar: Zakirov Nodir Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.26.04.2018.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Charos Abdujalilovna, tibbiyot fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: M. Mirraximov nomli Kardiologiya va terapiya milliy markazi (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: CYP2C9 va VKORC1 genlari polimorfizmlarining o‘zbek millatiga mansub BF mavjud shaxslarda tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish asosida TEAning profilaktikasi uchun antikoagulyantning samarali va xavfsiz dozasini tanlash prinsiplarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek millatiga mansub BF mavjud bemorlarda XMN lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi antikoagulyantning kunlik va xavftalik ushlab turuvchi dozalari hamda XTG epizodlari rivojlanishini bilan CYP2C9 geni CYP2C9*2 va CYP2C9*3 polimorfizlari allellari tashilishi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
o‘zbek millatiga mansub BF mavjud bemorlarda antikoagulyantning hisoblab chiqilgan dozalari va XTG rivojlanishida VKORC1 gening G(-1639)A polimorf markerining tashilishi CYP2S9 genining nuqsonli genotiplariga nisbatan ko‘proq darajada ta’sir etishi aniqlangan;
CYP2C9 genining CYP2C9*2/*3 polimorfizmlari va VKORC1 geni G(-1639)A polimorf markeri tashilishi turli kombinatsiyalarining antikoagulyant terapiya samaradorligiga va XTG rivojlanishi xavfiga ta’siri baholangan;
CYP2C9 va VKORC1 genlari CYP2C9*2/*3 va G(-1639)A polimorfizmlariga genotiplash natijalari asosida o‘zbek millatiga mansub BF mavjud bemorlarda antikoagulyant terapiya samaradorligini va xavfsizligini hisoblab chiquvchi yangi dasturiy mahsulot ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
BF mavjud o‘zbek millatiga mansub bemorlarda CYP2C9 va VKORC1 genlar polimorfizmlarining antikoagulyantning klinik samaradorligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi mavjud bemorlarda tromboembolik asoratlar profilaktikasida varfarinning sutkalik dozasini aniqlash» mavzusida uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 maydagi 8N-z/61-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanmada ishlab chiqilgan ma’lumotlarning joriy etilishi BF mavjud bemorlarda TEA, jumladan II va qon ketish xavfini pasaytirish, preparatning samarador va xavfsiz dozasini tanlash uchun imkon yaratgan;
BF mavjud o‘zbek millatiga mansub bemorlarda genetik omillarni antikoagulyant dori vositasi samaradorligiga va xavsizligiga ta’sirini o‘rganish orqali olingan tadqiqot natijalarining tegishli qismlari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand va Sirdaryo viloyatlari kardiologiya dispanserlarining amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 maydagi 8N-z/61-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq qilinishi BF mavjud bemorlarda xavf-stratifikatsiyalarni optimallashtirish, davolashni takomillashtirishga, jumladan, antikoagulyantning xavfsiz dozasini erta tanlash, hayot sifat darajasini oshirishga, nogironlik darajasini kamaytirish va mazkur guruh bemorlarda qayta-qayta gospitalizatsiyalar sonini qisqartirish imkonini bergan.