Yusupova Dilnoza Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qariya va keksa yoshdagi bemorlarda sut bezi saratonining kombinirlashgan va kompleks davosiga yangicha yondashuvni ishlab chiqish», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib663.
Ilmiy rahbar: G‘ofur-Axunov Mirza-Ali Aliyorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Pulatov Doniyor Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: N.N. Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keksa yoshdagi va qari bemorlarda sut bezi saratonini davolash natijalarini  yaxshilash  tartibi takomillashtirilgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keska  va qariya yoshdagi sut bezi saratoni davolashda yondosh kasalliklarini og‘irlik darajasini inobatga olib kimyoviy dori vositalari va nur terapiyasi miqdorlari reduksiyasining ahamiyati asoslangan;
immunogistokimyoviy  tekshirish materiallari  natijasida keksa va qari yoshdagi sut bezi saratoniga chalingan bemorlarda davolashga differensial yondashuvi ahamiyati asoslangan;
sut bezi saratoni bilan xastalangan keksa va qari yoshdagi bemorlarni davolashda  o‘smaning biologik turining ahamiyati o‘rta yoshdagi bemorlar bilan qiyosiy tahlili natijasida  isbotlangan;
sut bezi saratoni bilan xastalangan bemorlar hayotining bashoratlashda anamnezning davomiyligi, o‘smaning gistologik va biologik turi, regionar limfa tugunlarining jarohatlanishi, o‘tkazilgan neoad`yuvant kimyoterapiyaning samaradorligi, o‘smaning uzoq metastazlarini mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qariya va keksa yoshdagi bemorlarda sut bezi saratonining kombinirlashgan va kompleks davosiga yangicha yondashuvni ishlab chiqish asosida:
«Keksa va qari yoshdagi bemorlarda sut bezi saratonini davolashning o‘ziga xos xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 8n-r/32-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma sut bezi saratoni bilan og‘rigan keksa va qari bemorlarni davolash taktikasini optimallashtirish, kimyoterapiyadan keyingi asoratlar va kasallik residivlari sonini kamaytirish, shuningdek umr ko‘rish davomiyliligini uzaytirish imkonini bergan;
qariya va keksa yoshdagi bemorlarda sut bezi saratonining kombinirlashgan va kompleks davosiga yangicha yondashuvni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar va Toshkent viloyati filiallarining mammologiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29 maydagi 8n-z/89-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi sut bezi saratoniga chalingan keksa va qari bemorlar uzoq umr ko‘rish davomiyliligini uzaytirish, maxsus davolash tizimini tashkillashtirilgandan keyin va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish