Axmatov Yashin Ravshanovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dilatatsion kardiomiopatiyaning turli shakllarida uchraydigan o‘ng qorincha etishmovchiligining klinik-funksional va biokimyoviy xususiyatlari», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tib721.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.26.04.2018.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Saribaev Akbay Shegaipovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston)
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘ng qorinchali dilatatsion kardiomiopatiya va biventrikulyar yurak etishmovchiligi mavjud dilatatsion kardiomiopatiyada yurak bo‘shliqlari, o‘pkaning struktur-funksional o‘zgarishlari xususiyatlarini va biokimyoviy ko‘rsatkichlarni aniqlash hamda differensial farmakoterapiyaning bemorlar gemodinamikasi ko‘rsatkichlariga va hayot prognoziga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor (adabiyot ma’lumotlari asosida) o‘ng qorincha dilatatsion kardiomiopatiya tashxisini qo‘yish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqilgan;
O‘Q DKMPli va biventrikulyar YuE bor idiopatik DKMPli bemorlarda yurak o‘ng va chap bo‘limlari remodellanishining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
yurakning o‘ng va chap qismlari remodellanishi va o‘pka tizimi funksiyasi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan;
Tiffno indeksining pasayishi o‘pka nafas olish funksiyasining yomonlashuvi va bir vaqtning o‘zida O‘Q o‘lchamlarining dilatatsiyasi bilan birga kuzatilgan;
ilk bor O‘Q DKMPli bemorlar hayoti prognozi o‘rganilgan va noxush oqibat prediktorlari – RWs/LWs>1, KTI >70% i SBK ≥3dar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dilatatsion kardiomiopatiyaning turli shakllarida uchraydigan o‘ng qorincha etishmovchiligining klinik-funksional va biokimyoviy xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
asosan, o‘ng qorincha shikastlanishi bilan kechadigan kasalliklar differensial diagnostikasi uslublarining ishlanmasi «Dilatatsionnaya kardiomiopatiya s preimushhestvennim/izolirovannim porajeniem pravogo jeludochka» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 maydagi 8n-z/67-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan ma’lumotlarning tatbiq qilinishi klinik holatni baholash shkalasi (KHBSh), 6 daqiqali piyoda yurish sinamasi, exokardiografiya, 12 ta ulanmada standart EKG ni qayd qilish, rentgenokardiometriya va spirometriya kabi hammabop va arzon klinik tekshiruv uslublarini qo‘llagan holda o‘ng qorincha DKMP va biventrikulyar YuE bor DKMP o‘rtasida, shuningdek, o‘ng qorincha YuE bilan birga kechadigan kasalliklar o‘rtasida o‘z vaqtida differensial diagnostika o‘tkazish imkonini bergan;
dilatatsion kardiomiopatiyada uchraydigan o‘ng qorincha etishmovchiligining klinik-funksional va biokimyoviy xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari Jizzax va Surxondaryo kardiodispanserlari klinik amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 maydagi 8n-z/67-son ma’lumotnomasi). O‘tkazilgan tadqiqotlar va ularning natijasida o‘ng qorincha shikastlanishi bo‘lgan kasalliklarni erta bosqichda tashxis qilishga va xavf stratifikatsiyasini optimallashtirishga imkon berib, standart terapiyaga sildenafilning qo‘shilishi to‘satdan ro‘y beradigan kardial o‘lim va ushbu toifadagi bemorlar nogironligini kamaytirishga hizmat qilgan.