Shamsiev Ravshan Azamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo‘lgan bolalar kompleks reabilitatsiyasida karies profilaktikasi», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib576.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shakoves Natal`ya Vyacheslavovna tibbiyot fanlari doktori, professor, Xabilov Nugmon Lukmonovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.Ya.Gorbachevskiy nomidagi «Ternopol milliy tibbiyot universiteti» Davlat oliy ta’lim muassasasi. (Ukraina).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: YuLTK bo‘lgan bolalarda yoshi va nuqsonning og‘irlik darajasiga ko‘ra kariesni oldini olish dasturini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
6 oydan 3 yoshgacha bo‘lgan YuLTK bemorlarda ftor saqlamaydigan vositalarni germetizatsiyalash orqali ikkilamchi kariesni kelib chiqishini oldini olish isbotlangan;
YuLTK bemorlarda og‘iz suyuqligi xususiyatlarini o‘zgarishi, gigienik indeks darajasi va kariesogen bakteriyalarning miqdor darajasiga ta’sir qiluvchi holatlar asosida karies rivojlanishining xavf omillari isbotlangan;
YuLTK bemorlarda o‘tkazilgan profilaktika chora tadbirlaridan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy himoya faktori lizotsin titrini va fagotsitoz ko‘rsatkichini ortishi isbotlangan;
bemorlar mikrob xolati hamda mikrob zichligi ko‘rsatkichlari Str. mutans va Lactobacterii son ko‘rsatkichlari sinflarida operatsiyadan avval va keyin yaqin munosabatdaligi aniqlangan;
YuLTK bo‘lgan bemor bolalarda nuqsonning og‘irligiga bog‘liq holda, tish karieslarini ortishidagi statistik ishonchli ko‘rsatkichlarga asoslangan korrelyasion natijalari isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bo‘lgan bolalar kompleks reabilitatsiyasida kariesni oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
"Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalar reabilitatsiyasi" uslubiy ko‘rsatma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2019 yil 8 yanvardagi 8n-d/21-son ma’lumotnomasi), tug‘ma lab va tanglay kemtigi bo‘lgan bolalar reabilitatsiyasi dasturini taqdim etgan;
"Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienasining mikrobiologik xarakteristikasi" uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2019 yil 8 yanvardagi 8n-d/21-son ma’lumotnomasi). Bu tavsiyanoma tug‘ma lab va tanglay kemtigi bo‘lgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini saqlashni tavsiya qiladi;
ishlab chiqilgan usullar va kompyuter dasturi "Yuz-jag‘ sohasi tug‘ma nuqsoni va rivojlanish anomaliyalari bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish dasturi" Samarqand davlat tibbiyot instituti 2 klinikasi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2019 yil 8 yanvardagi 8n-d/21-son ma’lumotnomasi). O‘tkazilgan klinik tadqiqotning asosiy natijalarini joriy qilish bolalarda tishlar kariesi profilaktikasining dasturini ishlab chiqishga asos bo‘ldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish