Ilmurodov Samadjon Xolberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-subektiv pozisiyasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11392.
Ilmiy rahbar: Djamaldinova Shaxlo Obloberdievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01.
Rasmiy opponentlar: Narzikulova Dilnoza Xashimjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-subektiv pozisiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy-subektiv pozisiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari muammoli, tadqiqotga asoslangan va refleksiv o‘quv muhitida avtonom tanlov, kasbiy burch va qadriyatlarning motivatsion-aksiologik birligini mustaqil izlanish orqali ta’minlash hamda pedagogik vaziyatlarni muqobil talqin qilish, qayta aloqa va debrifing vositasida shaxsiy tajribani refleksiv baholash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-subektiv pozisiyasini rivojlantirish metodikasi kasbiy identitet, subektlik, refleksivlik va qadriyatga yo‘nalganlik tayanchlarini muammoli, diskursiv, loyihaviy va dilemmali ssenariylar bilan funksional bogʻlash hamda “Refleksiv-biografik topshiriqlar majmui” va “Qadriyat” savollar algoritmi metodining implementatsiyasi asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-subektiv pozisiyasini rivojlantirish modeli maqsadli, konseptual, mazmunli-protsessual, baholash-natijaviy komponentlari hamda kognitiv, hissiy, operativ va axloqiy mezonlarning amaliy muvofiqligini “vaziyatni anglash – pedagogik harakat – refleksiv tahlil – qayta loyihalash” bosqichlarining algoritmik ketma-ketligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-subektiv pozisiyasini rivojlantirish metodikasi samaradorligi tashkiliy-metodik shart-sharoitlarni talabaning individual imkoniyatlari, ehtiyojlari va kasbiy rivojlanish sur’atini hisobga olgan holda ta’minlash hamda kommunikativ, kollaborativ va konsultativ faoliyatni har bir modul yakunida tashkil etish orqali baholash ko‘rsatkichlarida ijobiy sifat dinamikasiga erishish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-subektiv pozisiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy tavsiyalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy-subektiv pozisiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari muammoli, tadqiqotga asoslangan va refleksiv o‘quv muhitida avtonom tanlov, kasbiy burch va qadriyatlarning motivatsion-aksiologik birligini mustaqil izlanish orqali ta’minlash hamda pedagogik vaziyatlarni muqobil talqin qilish, qayta aloqa va debrifing vositasida shaxsiy tajribani refleksiv baholash asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalar “Pedagogik mahorat” darsligi mazmuniga singdirilgan. (Samarqand davlat universiteti kengashining 2025-yil 28-avgustdagi 1-sonli qaroriga asosan berilgan 537-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy-subektiv pozisiyasini rivojlantirishning mazmuni, shakli, metod va vositalarini didaktik jihatdan uygʻunlashtirish imkonini bergan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-subektiv pozisiyasini rivojlantirish metodikasi kasbiy identitet, subektlik, refleksivlik va qadriyatga yo‘nalganlik tayanchlarini muammoli, diskursiv, loyihaviy va dilemmali ssenariylar bilan funksional bogʻlash hamda “Refleksiv-biografik topshiriqlar majmui” va “Qadriyat” savollar algoritmi metodining implementatsiyasi asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 11-dekabrdagi 03-1588-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda pedagogik fanlar mazmunini muammoli vaziyatlarni hal qilish va refleksiya asosida shakllantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-subektiv pozisiyasini rivojlantirish modeli maqsadli, konseptual, mazmunli-protsessual, baholash-natijaviy komponentlari hamda kognitiv, hissiy, operativ va axloqiy mezonlarning amaliy muvofiqligini “vaziyatni anglash – pedagogik harakat – refleksiv tahlil – qayta loyihalash” bosqichlarining algoritmik ketma-ketligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Pedagogik mahorat” darsligi mazmuniga singdirilgan. (Samarqand davlat universiteti kengashining 2025-yil 28-avgustdagi 1-sonli qaroriga asosan berilgan 537-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy-subektiv pozisiyasini rivojlantirish modelini pedagogik amaliyotga singdirish imkonini bergan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-subektiv pozisiyasini rivojlantirish metodikasi samaradorligi tashkiliy-metodik shart-sharoitlarni talabaning individual imkoniyatlari, ehtiyojlari va kasbiy rivojlanish sur’atini hisobga olgan holda ta’minlash hamda kommunikativ, kollaborativ va konsultativ faoliyatni har bir modul yakunida tashkil etish orqali baholash ko‘rsatkichlarida ijobiy sifat dinamikasiga erishish asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalardan o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlash, pedagogik amaliyotni takomillashtirish hamda fuqarolik tarbiyasiga oid dasturlarni yangilashda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 13-noyabrdagi 04-37-4816-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy-subektiv pozisiyasini rivojlantirish metodikasi samaradorligining sifat o‘zgarishini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish