Musaev Ablatdiyn Keramatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Katta Orol dengizi zooplanktoni (faunasi, ekologiyasi, suksessiyasi, amaliy ahamiyati)», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/B136.
Ilmiy rahbar: Mirabdullaev Iskandar Mirbatirovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Kamilov Baxtiyor Ganievich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orol dengizi zooplankton organizmlari tarkibining mavjud holatini va tarkibidagi ko‘p yillik suksessiyasi qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Katta Orolning zooplankton organizmlarining xilma-xillik holati baholangan;
Katta Orol zooplankton organizmlari rivojlanishining miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Orol dengizi zooplankton organizmlari tarkibida dominant hisoblangan Artemia parthenogenetica turi biologiyasi bo‘yicha yangi ma’lumotlar ochib berilgan;
Orol dengizi suvining sho‘rxok holatidan keyingi kuchli sho‘rlanish holatiga o‘tish davridagi zooplankton tarkibidagi o‘zgarishlar muntazamligi aniqlangan;
zooplanktonning mavsumiy o‘zgarishlaridagi qonuniyatlar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Katta Orol dengizi zooplanktoni bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Orol artemiya sistalarini hajm (miqdor) bo‘yicha yig‘ish hamda yig‘ish muddatlari va taqiqlash muddatlari yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Mo‘ynoq tumani bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 2 maydagi 03-01/18-7-1596-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu bioresursdan barqaror foydalanish va Orol dengiziga nisbatan artemiya resurslarini boshqarishning  optimal strategiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
diapauza holatidagi sistalardan olingan artemiyaning ba’zi parametrlari va biologik xususiyatlari asosida artemiya sistalaridan baliq chavoqlari uchun boshlang‘ich ozuqa sifatida foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar «Nukus Baliq» MChJda amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 maydagi 04/014-1167-son ma’lumotnomasi). Natijada tarkibida baliq chavoqlarining yuqori yashovchanligini ta’minlovchi aminokislotalar, vitaminlar, mikroelementlar, yog‘ kislotalari va fermentlarni o‘z ichiga olgan jonli ozuqadan foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish