Usmanova Zakira Usmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ernoki (Helianthus Tuberosus L.) va sachratqi (Cichorium intibus L.) asosida olingan biologik faol moddalar yig‘indisining farmako-toksikologik xususiyatlari», 14.00.17–Farmakologiya va klinik farmakologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/V233.
Ilmiy rahbar: Fayzieva Ziyoda Turaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Allaeva Munira Jurakulovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Yakubova Lutfiya Karimdjanovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diaglikon preparatining farmako-toksikologik tavsifini, shuningdek, sachratqi asosida olingan biologik faol qo‘shimchasining gipoglikemik ta’sirini va o‘tkir zaharliligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk eksperimental giperglikemiyaning turli modellarida diaglikon preparatining sezilarli gipoglikemik ta’sirga ega ekanligi isbotlangan;
ilk bor diaglikon preparatining gipoglikemik ta’sir mexanizmlari aniqlangan;
diaglikon preparatining klinikagacha bo‘lgan toksikologik xususiyatlari  aniqlangan;
ilk bor diaglikon preparati tajriba hayvonlarining asosiy a’zo va tizimlari faoliyatida nojuya patomorfologik o‘zgarishlar yo‘qligi isbotlangan;
Cichorium intubus L. asosida BFQ yaratilgan va uning gipoglikemik ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ernoki (Helianthus tuberosus L.)  va sachratqi (Cichorium intibus L.) asosida olingan biologik faol moddalar yig‘indisining farmako-toksikologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oddiy sachratqi o‘simligidan quruq ekstraktini olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining  ixtiro patenti olingan (№IAP 05980, 20.09.2019y.). Natijada xorijdan import qilinadigan diabetga qarshi dori preparatlar o‘rnini bosadigan dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«ANTIDIABET» yig‘masi asosida tayyorlangan kapsula shaklidagi BFQga  texnik shartlar «O‘zstandart» agentligi tomonidan  (Ts 26140431-001:2019) va texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (TI 26140431-001:2019). Natijada diabet kasalligining oldini olish va davolash uchun biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Metabolik sindromini korreksiyalashda dori vositalarni tajriba sharoitida o‘rganish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 21 fevraldagi 8n-r/24-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma metabolik tizimni korreksiyalash va rivojlanadigan kasalliklarni erta tashxislash va davolash tizimini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish