Ibroximova Gulbaxor Abdulfattoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi shimoliy hududi o‘simliklar qoplamining antropogen transformatsiyasi», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.RhD/B303.
Ilmiy rahbar: Naralieva Nasibaxon Mamanovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiboev Sharobitdin Jamolovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent; Raximova To‘raxon Uzoqovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi shimoliy hududi o‘simliklar qoplamining antropogen transformatsiyasi va hudud florasining turlar tarkibini aniqlash hamda ma’lumotlar bazasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysining shimoliy hududi o‘simliklar qoplamining asosiy antropogen transformatsiya omillari tavsiflangan;
floristik va geobotanik tadqiqotlar asosida hudud o‘simliklar jamoalari va o‘simlik turlarining zamonaviy holati aniqlangan;   
Farg‘ona vodiysining shimoliy hududi florasida 72 oila, 416 turkumga mansub 890 tur yuksak o‘simliklardan tashkil topgan turlar ro‘yxati tuzilgan;
ilk bor hudud florasiga mansub 890 turning hayotiy shakllari va areal tiplari aniqlangan;
O‘zbekiston florasi uchun yangi 3 tur, Anthochlamys tianschanica Iljin ex Aellen, Allochrusa gypsophiloides Regel. (=Acanthophyllum gypsophiloides (Regel), Corydalis paniculigera Regel & Schmalhlarning o‘sish joylari aniqlangan;
kamyob va endem turlarning yangi o‘sish joylari aniqlanib, hudud uchun 25 ta endemik tur aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi shimoliy hududi o‘simliklar qoplamining antropogen transformatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysining tabiiy holda tarqalgan yovvoyi o‘simliklar va ularning jamoalari, qiyosiy tahlili, hudud florasining nazariy va metodologik aspektlari, antropogen omillar va ularning tasnifi Andijon viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 31 oktyabrdagi 03-01/1-3908-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona vodiysi shimoliy hududining 170 ga er maydonidagi o‘simliklar qoplamining asosiy texnogen omillar fragmentlarini aniqlash va 64 ga yaylovzorlar, 106 ga rekreatsiya hududlarda tabiiy holda o‘sadigan kamyob va endem o‘simlik turlari ro‘yxatini tuzish, ularni muhofaza qilish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysining shimoliy hududida saqlanib qolgan tabiiy o‘rmonzorlarning hozirgi kundagi holatini hamda daraxt va butalarni tabiiy hududlar bo‘yicha monitoring qilish Namangan viloyati Kosonsoy davlat o‘rmon xo‘jaligi hamda Namangan davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2019 yil 17 dekabrdagi 05-21-4320-son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan viloti Kosonsoy tumanidan 116 ga hamda Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlari bo‘yicha 73 ga maydondagi tabiiy holda o‘suvchi daraxt va butalarning turlar sonini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish