Tuychiev Axmadjan Ismailovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Seysmogeodinamik va texnogen jarayonlarning geofizik maydonlar variatsiyalarida namoyon bo‘lish xususiyatlari», 04.00.06–Geofizika. Foydali qazilmalarini qidirishning geofizik usullari (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/FM151.
Ilmiy maslahatchi: Abdullabekov Kaxarboy Nasirbekovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti DK, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.GM.40.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Roman Solomonovich, fizika-matematika fanlari doktori; Aronov Arkadiy Gesselevich, fizika-matematika fanlari doktori; Xojimetov Alinazar Irismetovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgeofizika» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geofizik maydonlarda seysmogeodinamik va texnogen jarayonlarni namoyon bo‘lishi xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli darajadagi er yoriqlari bortlarida va bevosita er yorig‘i zonasida geomagnit maydonning lokal va regional xarakterdagi variatsiyalari aniqlangan;
Chorbog‘ suv ombori hududida seysmogeodinamik va texnogen jarayonlarning geofizik maydonda birgalikda namoyon bo‘lishi xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor geomagnit maydonning texnogen ob’ektlar ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan lokal variatsiyalari namoyon bo‘lishining morfologiyasi va dinamikasining batafsil tafsifi olingan (Sho‘rtan va Xovuzak gaz konlari rayonlarida);
ilk bor yirik Qandim gaz koni hududida geodinamik va texnogen jarayonlarning konning ekspluatatsiyasigacha va ekspluatatsiya davrida geofizik maydonlarda namoyon bo‘lishi xususiyatlari aniqlangan;
er magnit maydonining, er qobig‘ining zamonaviy harakatlari va boshqa darakchilarning anomal o‘zgarishlari to‘lqinsimon ko‘rinishga egaligi aniqlangan;
ilk bor zilzila darakchilarining namoyon bo‘lish radiusi geotektonik birliklar darajalarining ierarxik taqsimlanishiga bo‘ysunishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Geofizik maydonlarda seysmogeodinamik va texnogen jarayonlarni namoyon bo‘lishi xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yuqori aniqlikdagi magnitometrik tadqiqotlar usuli Respublika seysmoprognostik monitoring markazi amaliyotiga joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 2/4/24-2853-son ma’lumotnomasi). Natijada darakchi anomal o‘zgarishlarni aniqlashning magnitometrik tarmog‘ini optimallashtirish imkonini bergan;
geofizik maydonlarda seysmogeodinamik va texnogen jarayonlarning namoyon bo‘lishi xususiyatlari Respublika seysmoprognostik monitoring markazi amaliyotiga joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 2/4/24-2853-son ma’lumotnomasi). Natijada geomagnit maydondagi darakchi anomal o‘zgarishlar ishonchliligini oshirish va respublikada joriy seysmik holatni baholash imkonini bergan;
darakchilarning namoyon bo‘lish parametrlari va zilzila magnitudasi o‘rtasidagi empirik bog‘liqliklar Respublika seysmoprognostik monitoring markazi amaliyotiga joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 2/4/24-2853-son ma’lumotnomasi). Natijada er qobig‘ining kuchlangan-deformatsiyalangan holatini yangi darajada rayonlashtirish va baholash, O‘zbekiston hududidagi M≥5 kuchli zilzilalarni uzoq va o‘rta muddatli istiqbolda ishonchli prognoz qilish imkonini bergan;
«Zilzilalarni magnitometrik usul bilan prognoz qilish bo‘yicha yo‘riqnoma» hamda geofizik maydonlarda seysmogeodinamik va texnogen jarayonlarning namoyon bo‘lishi xususiyatlari, darakchilarning namoyon bo‘lish parametrlari va zilzila magnitudasi o‘rtasidagi empirik bog‘liqliklar Fuqaro muhofazasi instituti faoliyatiga joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 2/4/24-2853-son ma’lumotnomasi). Natijada «Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish» mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv jarayonida magistrlarda zarur ko‘nikmalarni hosil qilish imkonini bergan.