Nabiev Nabijon Don`yorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Payvand sopolimerlanish orqali maxsus xossali to‘qimachilik materiallarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/K270.
Ilmiy rahbar: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.T.08.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor; Kudishkin  Valentin Olegovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: payvand sopolimerlanish asosida maxsus xossali to‘qimachilik materiallari olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akril monomerlarini sellyuloza makromolekulalari va to‘qimachilik materiali tolalari bilan geterofazali payvand sopolimerlanishining sharoitlari aniqlangan;
polimerlanish kinetikasi va payvandlanish parametrlarining payvand sopolimerlar va to‘qimachilik materiallarining xossalari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
maxsus xossali to‘qimachilik materiallarini olish uchun tolalar va material yuzasiga fizik adsorbsiya orqali inisirlovchi moddani oldindan kiritishning afzalligi isbotlangan;
to‘qimachilik materiallariga olovbardosh ishlov berish uchun yangi kompozisiya ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik materialiga gidroizolyasion yoki supergidrofob ishlov berish uchun tarkib va texnologik parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Payvand sopolimerlanish asosida maxsus xususiyatli to‘qimachilik materiallari olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik materiallarini olovdan himoyalovchi ishlov berish uchun kompozisiya uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti (№IAP 0523430, 2016 y.) olingan. Natijada kompozisiyaning qo‘llanilishi to‘qimachilik materialining olovbardoshlik xossalarini oshirish imkonini bergan;
to‘qimachilik materiallariga gidrofob ishlov berish uchun kompozisiya «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi «Urganch Baxmal» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 04/18-4519-son ma’lumotnomasi). Natijada suv o‘tkazmaslik xossalari yaxshilangan gidroizolyasion to‘qimachilik materiali ishlab chiqarish imkonini bergan;
to‘qimachilik materiallarini olovdan himoyalovchi ishlov berish uchun kompozisiya Namangan viloyatining «MIROBID TEKSTIL`» MChJ va Toshkent shahrining «IRODA-GAZMOL-BIZNES» xususiy korxonalarida amaliyotga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 04/18-4519-son ma’lumotnomasi). Natija ekspluatatsion xossalari barqaror bo‘lgan olovbardosh to‘qimachilik materiali ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish