Usmonov Lochinbek Sadreddin o‘g‘lining 
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): Ma’danli konlarni o‘zlashtirishda er osti qorishtirish gidrodinamik jarayonlarini matematik modellashtirish, 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6421. 
Ilmiy rahbar: Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.09/2025.27.12.T.02.01.M.
Rasmiy opponentlar: Djumayozov Umidjon Zafarjonovich - texnika fanlari doktori, dotsent; Tuxtanazarov Dilmurod Solijonovich - texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘ovak muhitdagi er osti qorishtirish jarayonlarini matematik modellarini ishlab chiqish va takomillashtirish, hisoblash algoritmlari va dasturiy majmuani yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
eritma oqimi, bosim taqsimoti va komponentlar konsentratsiyasining o‘zgarishi hisobga olgan holda bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitda er osti qorishtirish jarayonini tavsiflovchi uch o‘lchovli matematik model ishlab chiqilgan;
er osti qorishtirish jarayonida g‘ovaklik va o‘tkazuvchanlikning bosim hamda deformatsiyaga bog‘liq o‘zgarishini hisobga olgan holda matematik model takomillashtirilgan;
uch o‘lchovli model tenglamalarini sonli echish uchun chekli ayirmalar hamda haydash usuliga asoslangan hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
er osti qorishtirish jarayonida quduqlardagi boshlang‘ich ma’lumotlar asosida g‘ovak muhit bo‘yicha gidrodinamik parametrlarni aniqlashga mo‘ljallangan hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ma’danli konlarni o‘zlashtirishda er osti qorishtirish gidrodinamik jarayonlarini tadqiq etish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, sonli algoritmlar va dasturiy ta’minot asosida:
er osti qorishtirish gidrodinamik jarayonlarini ifodalovchi matematik model tenglamalar asosida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot “NINA STROY SERVIS” MChJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2026-yil 
8-iyundagi 07-07/560-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, er ostida suyuqlik harakati holatini aniqlash va oldindan baholash aniqligini oshirish, shuningdek, er osti suvlarining yo‘qotilishi prognozlash aniqligi 15% ga yaxshilangan;
suv sathini vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini bashoratlashda, er osti suvlarini oqimini hisoblash va suvlarni nasoslar yordamida olish doimiyligini loyihalashtirish bo‘yicha matematik va dasturiy majmua “SAM PLAST WATER” MChJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2026-yil 8-iyundagi 07-07/560-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan dasturiy ta’minot yordamida muhandislik hisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqt va mehnatni 6-7 % ga qisqartirish imkonini bergan;
er osti qatlamini tarkibini aniqlash, er osti suvlarining harakatini baholash, filtratsiya jarayonlarini modellashtirish va er osti qatlamining xususiyatlarini tahlil qilish kabi yo‘nalishlarda matematik va dasturiy majmua “O‘ZGAShKLITI” MChJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2026-yil 8-iyundagi 07-07/560-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan dasturiy ta’minot yordamida quduqlar joylashuvini bashorat qilish va optimallashtirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish