Usmanova Gulnoza Fathullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za qator oralarining tuprog‘ini qatlamlab yumshatish vositasi ishchi qismlari parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/6549
Ilmiy rahbar: Igamberdiev Asqar Kimsanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Abdukarim Atxamovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nam saqlaydigan texnologiya asosida g‘o‘za qator oralarining tuprog‘ini qatlamlab yumshatish vositasi ishchi qismlari parametrlarini asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘za qator oralarini qatlamlab chuqur yumshatib tuproqdagi suv-namlik zaxirasini saqlab qolishga, ildizlar rivojlanadigan mihitda suv, havo va ozuqa maromini ta’minlashga yo‘naltirilgan texnologiyani takomillashtirish asosida vosita ishchi qismlarining konstruktiv ko‘rsatkichlari asoslangan. Natijada energiya va resurstejamkor texnik vosita ishlab chiqarilgan;
tuproqning fizik-mexanik xossalari va agregatning harakatlanish tezligini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan texnik vosita ishchi qismlarining ta’siridan tuproq qatlamlarining ish jarayonida siljishini baholovchi analitik ifodalar o‘rnatilgan;
g‘o‘za qator oralari tuprog‘ini qatlamlab chuqur yumshatishda tuproqning deformatsiyalanish, uvalanish, egat shakllantirish jarayonlarini ta’minlash usullari ishlab chiqilgan, ishchi qismlarning maqbul parametrlari asoslangan. Natijada texnik vositaning energiya va resurstejamkorlikni ta’minlovchi texnologik hamda konstruktiv sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: G‘o‘za qator oralarining zichlangan tuproq osti qatlamini yumshatish resurstejamkor texnologik jarayonini tadqiq qilish va texnik vosita ishchi qismlarining parametrlarini asoslash bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
resurstejamkor texnik vositaning eksperimental tajriba nusxasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “Ilmiy-o‘quv markaz” DUKda, Toshkent viloyati Qibray tumani “Izzatilla bog‘i” fermer xo‘jaligida, Qibray tumanidagi “Neyro Bars” MChJda dala sinovlaridan
o‘tkazilgan (Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limining 2025-yil 20-fevraldagi 6/21-son ma’lumotnomasi, Toshkent viloyati Qibray tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limining 2025-yil 10-fevraldagi 88-son ma’lumotnomasi, Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2025-yil 13-martdagi
02/02-87-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/04-04-865-son ma’lumotnomasi);
yangi, mahalliy tuproq sharoitlarga mos texnologiya va energiya hamda resurstejamkorlikni ta’minlovchi, g‘o‘za va boshqa texnik ekinlar qator oralariga ishlov beradigan texnik vosita Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq va Qibray tumani fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/04-04-865-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari ish unumdorligining 3,7 foizga oshirish, foqdalanish xarajatlarni 12,75 foizga kamaytirish imkonini bergan;
g‘o‘za qator oralari tuprog‘ini qatlamlab yumshatadigan, sifatli uvalanish darajasini ta’minlaydigan, tekis yuzali egat shakllantiradigan texnik vositaning energiya va resurstejamkorlikni ta’minlovchi texnologik hamda konstruktiv sxemalari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/04-04-865-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari texnik vositaning texnik topshiriqlari va texnik shartlarini, ishchi qismlarning turi, ularni ramaga joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish imkonini bergan;
g‘o‘za qator oralari tuprog‘ini qatlamlab yumshatadigan, sifatli uvalanish darajasini ta’minlaydigan, tekis yuzali egat shakllantiradigan, energiya va resurstejamkorlikni ta’minlaydigan, yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan texnika va texnologiya amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 12-dekabrdagi 05/04-04-865-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari tuproqdagi namlikning fizik bug‘lanishini kamaytirish, texnik ekinlardan yuqori hosil olish imkonini bergan.