Raupov Bahodirjon Kenja o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Polimer chiqindilar va elementar oltingugurt asosidagi kompozision qo’shimchalar bilan modifikatsiyalangan yo’l qurilish bitumi olish texnologiyasi”, 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6341.
Ilmiy rahbar: Fozilov Sadriddin Fayzulloevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Do’stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Obidov Nodir Sobirovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universitet.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi polimer chiqindilar va elementar oltingugurt asosidagi kompozision qo’shimchalar bilan modifikatsiyalangan yo’l qurilish bitumi olish texnologiyasi ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
S, PET va PE ni bitum bilan birgalikda qo’llashga bitum xossalariga ko’rsatadigan sinergik ta’siri aniqlangan bo’lib, bunda polimerlarning bitum bilan o’zaro ta’sirida polimer tarmoqlarining oltingugurt ko’prikchalari orqali mustahkamlik ortib borishi ilmiy asoslangan;
bitum asosli kompozisiyada S, PET va PE tarkibidagi funksional guruhlarning kompleks o‘zaro ta’siri natijasida uzilish harorati 47 °C dan 57 °C gacha oshganligi aniqlanib, modifikatsiyalangan bitumning deformatsiyon barqarorligi 21,3% oshishi ilmiy asoslangan;
sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilish orqali yangilangan tarkib (PET-5 %, PE-2%,S-2,5%) bo‘lganda, 25°C da elastikligi 40 % dan 78 % gacha yaxshilangan yo‘l bitumi olinishi asoslangan;
ikkilamchi polimer chiqindilari (PET va PE) va sanoat chiqindisi hisoblangan elementar oltingugurtdan foydalanish hisobiga tayyor bitum tannarxini pasaytirish va import o’rnini bosuvchi mahalliy xomashyo bazasini shakllantirish orqali termik barqaror yo‘l bitumlar olish usuli ishlab chiqilgan;
ikkilamchi chiqindi polimer (PET, PE) va S asosida kompozisiyalangan yo‘l bitumlar olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Polimer chiqindilar va elementar oltingugurt asosidagi kompozision qo’shimchalar bilan modifikatsiyalangan yo’l qurilish bitumi olish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elementar oltingugurt xomashyosi 2,5% va «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MChJ polietilen xomashyosi 3,5% va polietilentereftalat asosidagi polimer chiqindisi 5% kompozisiyalaridan tarkib topgan 4-MB markali yo’l qurilish bitumi olish usuli “Petromaruz Uzbekistan” MChJda “2025-2027-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Petromaruz Uzbekistan” MChJning 2025-yil 18-noyabrdagi 11/20 ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kompozisiyalar asosida olingan 4-MB bitumining yumshash harorati 47ºC dan 57ºC birlikgacha va elastiklik 40 % dan 78 % gacha oshirish imkonini beradi;
4-MB yo’l bitumlarini olish va ularni asfalt ishlab chiqarishda qo‘llash texnologiyasi “Petromaruz Uzbekistan” MChJning “2025-2027-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Petromaruz Uzbekistan” MChJning 2025-yil 18-noyabrdagi 11/20 ma’lumotnomasi). Natijada, Elementar oltingugurt, polietilen va polietilentereftalat kompozisiyalari asosida modifikatsiyalangan bitumlarni asfalt ishlab chiqarishda qo‘llash orqali yo‘llarda yotqizilayotgan asfaltlarning xizmat muddatini 3-4 yildan 15-20 yilgacha oshirish imkonini beradi.