Abdulxakimov Arsen Renatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda xirurgik patologiyada yiringli-yallig‘lanish jarayonlari profilaktikasini ilmiy asoslash va takomillashtirish” 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Tib1416.
Ilmiy maslaxatchilar: Fattaxov Nusratullo Xamidullaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Mirzakarimov Baxromjon Xalimjonovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.21.02.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Nasrullo Sobirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor, Mamasaidov Jamolidin Turgunbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: xavf omillarini tahlil qilish asosida yiringli-yallig‘lanish asoratlarining bosqichma-bosqich tabaqalashtirilgan profilaktikasi tizimini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor jarrohlik patologiyasida bolalarda yiringli-yallig‘lanish jarayonlarining bosqichma-bosqich-stratifikatsiyalangan profilaktikasining original ko‘p bosqichli konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor bolalarda jarrohlik patologiyasida yiringli-yallig‘lanish asoratlari xavfini tabaqalashtirishning original balli shkalasi ishlab chiqilgan;
jarrohlik patologiyasi bo‘lgan bolalarda ikkilamchi yiringli-yallig‘lanish kasalliklariga moyillikni belgilovchi asosiy patogenetik omil sifatida kamqonlikning mustaqil modifikatsiyalanuvchi prediktor sifatidagi ahamiyati aniqlangan;
bolalar jarrohlik shifoxonasida antibakterial profilaktikani tabaqalashtirilgan tarzda qo‘llash algoritmi ishlab chiqilgan va bu asossiz tayinlash holatlarini kamaytirish imkonini bergani asoslangan;
ilk bor tibbiy yordamning reabilitatsiya bosqichining sezilarli, ammo amalga oshirilmagan profilaktik salohiyati aniqlangan;
ilk bor onixokriptozning jarrohlik korreksiyasida perpendikulyar chok texnikasiga asoslangan takomillashtirilgan usulni qo‘llash, operatsiyadan keyingi infeksion-destruktiv jarayonlar va patologiyaning residivlanish ehtimolini sezilarli darajada pasayishiga xizmat qilgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
Bolalarda yiringli-yallig‘lanish jarayonlarining oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy ma’lumotlar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor jarrohlik patologiyasida bolalarda yiringli-yallig‘lanish jarayonlarining bosqichma-bosqich-stratifikatsiyalangan profilaktikasining original ko‘p bosqichli konsepsiyasi ishlab chiqilganligi Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ekspert kengashining 2025-yil 3-maydagi 01-02-u-t-44-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalar jarrohlik yo‘nalishidagi patologiyalarda yiringli-yallig‘lanish asoratlarini oldini olish samaradorligini kompleks baholash usuli” va Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ekspert kengashining 2025-yil 3-maydagi 01-02-u-t-45-son qarori bilan tasdiqlangan “Jarrohlik patologiyasi bo‘lgan bolalarda yiringli-yallig‘lanish jarayonlarini oldini olish samaradorligini kompleks baholash algoritmi” uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga kiritilgan. Mazkur takliflar Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 05.01.2026-yildagi 12-son buyrug‘i bilan Qo‘qon shahar bolalar shifoxonasining 05.03.2026-yildagi 24-son va Marg‘ilon shahar bolalar shifoxonasining 04.03.2026-yildagi 38-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 28-martdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: jarrohlik patologiyasi bo‘lgan bolalarda yiringli-yallig‘lanish asoratlarini oldini olishning ishlab chiqilgan tizimi asoratlar chastotasini 32,8% dan 9,8% gacha sezilarli darajada kamaytirish, nogironlik oqibatlarini kamaytirish, ota-onalarning majburiy parvarishi muddatlarini qisqartirish va antimikrob rezistentlikning o‘sishiga qarshi kurashish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: mualliflik profilaktika tizimini joriy etish shifoxonada yotish muddatini 3,1 kunga qisqartirish, yiringli asoratlarning oldini olish va asossiz antibiotik profilaktikasini bekor qilish orqali har bir bemor uchun kamida 1302000 so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri tejashni ta’minlaydi, bu esa uni amalga oshirish xarajatlarini bir necha barobar qoplaydi. Xulosa: Bolalarda jarrohlik patologiyalarida yiringli-yallig‘lanish jarayonlarini bosqichma-bosqich stratifikatsiyalangan profilaktika konsepsiyasining ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi asoratlar chastotasini 32,8% dan 9,8% gacha kamaytirib, har bir bemor uchun 1 302 000 so‘m iqtisodiy tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda jarrohlik patologiyasida yiringli-yallig‘lanish asoratlari xavfini tabaqalashtirishning original balli shkalasi ishlab chiqilganligi Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ekspert kengashining 2025-yil 3-maydagi 01-02-u-t-44-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalar jarrohlik yo‘nalishidagi patologiyalarda yiringli-yallig‘lanish asoratlarini oldini olish samaradorligini kompleks baholash usuli” va Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ekspert kengashining 2025-yil 3-maydagi 01-02-u-t-45-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarda jarrohlik yo‘nalishidagi patologiyalarda yiringli-yallig‘lanish jarayonlarini oldini olish samaradorligini kompleks baholash algoritmi” uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 05.01.2026-yildagi 12-son buyrug‘i bilan Qo‘qon shahar bolalar shifoxonasining 05.03.2026-yildagi 24-son va Marg‘ilon shahar bolalar shifoxonasining 04.03.2026-yildagi 38-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 28-martdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavf stratifikatsiyasining ishlab chiqilgan balli shkalasi shifoxonagacha bo‘lgan bosqichda yuqori xavf guruhidagi bemorlarni xolisona aniqlashni ta’minlaydi, o‘z vaqtida profilaktika choralarini belgilashga va jarrohlik patologiyasi bo‘lgan bolalarda og‘ir infeksion asoratlar chastotasini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: xavf stratifikatsiyasi shkalasini qo‘llash past xavf guruhidagi bemorlarda ortiqcha diagnostika va davolash aralashuvlarini bartaraf etish hamda resurslarni yuqori xavf guruhlariga yo‘naltirish imkonini beradi, yiringli asoratlarning oldini olish va shifoxonada yotish muddatini qisqartirish orqali har bir bemor uchun kamida 1302000 so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: Bolalarda jarrohlik patologiyalarida yiringli-yallig‘lanish asoratlarini erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan original balli shkala va algoritm amaliyotga joriy etilib, har bir bemor uchun kamida 1 302 000 so‘m iqtisodiy tejamkorlik hamda yuqori ijtimoiy samaradorlikni ta’minladi.
uchinchi ilmiy yangilik: jarrohlik patologiyasi bo‘lgan bolalarda ikkilamchi yiringli-yallig‘lanish kasalliklariga moyillikni belgilovchi asosiy patogenetik omil sifatida kamqonlikning mustaqil modifikatsiyalangan prediktor sifatidagi ahamiyati aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ekspert kengashining 2025-yil 3-maydagi 01-02-u-t-44-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalar jarrohlik yo‘nalishidagi patologiyalarda yiringli-yallig‘lanish asoratlarini oldini olish samaradorligini kompleks baholash usuli” va Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ekspert kengashining 2025-yil 3-maydagi 01-02-u-t-45-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarda jarrohlik yo‘nalishidagi patologiyalarda yiringli-yallig‘lanish jarayonlarini oldini olish samaradorligini kompleks baholash algoritmi” uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 05.01.2026-yildagi 12-son buyrug‘i bilan Qo‘qon shahar bolalar shifoxonasining 05.03.2026-yildagi 24-son va Marg‘ilon shahar bolalar shifoxonasining 04.03.2026-yildagi 38-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 28-martdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mintaqaviy mikrob manzarasining olingan kompleks klinik-mikrobiologik tavsifi maqsadli va xavfsiz antibiotikoprofilaktika uchun ilmiy asos yaratadi, zaxira antibiotiklarni asossiz qo‘llash xavfini va bolalar orasida antimikrob chidamlilikning tarqalishini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorlik: antibiotik profilaktikasini tayinlashda mintaqaviy mikrobiologik monitoring ma’lumotlaridan foydalanish samarasiz va ortiqcha davolash sxemalarini bartaraf etish imkonini beradi, shifoxonada yotish muddatlarini qisqartirish, asoratlar chastotasini kamaytirish va antibakterial terapiyani takomillashtirish orqali har bir bemor uchun kamida 1302000 so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: Jarrohlik patologiyasiga ega bolalarda kamqonlikning yiringli-yallig‘lanish asoratlarini belgilovchi mustaqil omil sifatidagi ahamiyati amaliyotga joriy etilib, mintaqaviy mikrobiologik monitoring asosida antibiotikoprofilaktika samaradorligini oshirish va har bir bemor uchun kamida 1 302 000 so‘m mablag‘ tejash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalar jarrohlik shifoxonasida antibakterial profilaktikani tabaqalashtirilgan tarzda qo‘llash algoritmi ishlab chiqilgan va bu asossiz tayinlash holatlarini kamaytirish imkonini bergani asoslanganligi takliflari Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ekspert kengashining 2025-yil 3-maydagi 01-02-u-t-44-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalar jarrohlik yo‘nalishidagi patologiyalarda yiringli-yallig‘lanish asoratlarini oldini olish samaradorligini kompleks baholash usuli” va Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ekspert kengashining 2025-yil 3-maydagi 01-02-u-t-45-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarda jarrohlik yo‘nalishidagi patologiyalarda yiringli-yallig‘lanish jarayonlarini oldini olish samaradorligini kompleks baholash algoritmi” uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 05.01.2026-yildagi 12-son buyrug‘i bilan Qo‘qon shahar bolalar shifoxonasining 05.03.2026-yildagi 24-son va Marg‘ilon shahar bolalar shifoxonasining 04.03.2026-yildagi 38-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 28-martdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: anemiyani o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan prediktor sifatida aniqlash operatsiyadan keyingi og‘ir asoratlar xavfini kamaytirib, takroriy aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib va bemor oilasiga tushadigan yukni kamaytirib, bola holatini operatsiyadan oldin maqsadli tuzatishning amaliy imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiy samaradorlik: boshqariladigan xavf omili sifatida operatsiyadan oldingi davrda kamqonlikni o‘z vaqtida bartaraf etish yiringli asoratlar rivojlanishining oldini olish imkonini beradi va kasalxonaga yotqizish muddatlarini qisqartirish, takroriy aralashuvlar chastotasini kamaytirish hamda antibakterial terapiya xarajatlarini kamaytirish orqali har bir bemor uchun kamida 1302000 so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: Bolalar jarrohligida yiringli-yallig‘lanish asoratlarini oldini olish bo‘lib ishlab chiqilgan tabaqalashtirilgan antibakterial profilaktika va anemiyani o‘z vaqtida tuzatishga asoslangan usbu kompleks yondashuv amaliyotga joriy etilib, har bir bemor uchun 1 302 000 so‘m mablag‘ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tejash va asoratlarni keskin kamaytirish imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor tibbiy yordamning reabilitatsiya bosqichining sezilarli, ammo amalga oshirilmagan profilaktik salohiyati aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ekspert kengashining 2025-yil 3-maydagi 01-02-u-t-44-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalar jarrohlik yo‘nalishidagi patologiyalarda yiringli-yallig‘lanish asoratlarini oldini olish samaradorligini kompleks baholash usuli” va Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ekspert kengashining 2025-yil 3-maydagi 01-02-u-t-45-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarda jarrohlik yo‘nalishidagi patologiyalarda yiringli-yallig‘lanish jarayonlarini oldini olish samaradorligini kompleks baholash algoritmi” uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 05.01.2026-yildagi 12-son buyrug‘i bilan Qo‘qon shahar bolalar shifoxonasining 05.03.2026-yildagi 24-son va Marg‘ilon shahar bolalar shifoxonasining 04.03.2026-yildagi 38-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 28-martdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: dalillarga asoslangan algoritm asosida antibakterial profilaktikani takomillashtirish kasalxona shtammlarining antimikrob chidamliligi o‘sishini to‘xtatishga yordam beradi, bolalarda nojo‘ya dori reaksiyalari xavfini kamaytiradi va mintaqaviy shifoxona sharoitida jarrohlik yo‘li bilan davolash xavfsizligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorlik: antibiotiklarni asossiz tayinlash ulushini 38,5% dan 12,2% gacha kamaytirish to‘g‘ridan to‘g‘ri dori-darmon xarajatlarini bevosita kamaytiradi va yiringli asoratlarning oldini olish bilan birgalikda har bir bemor uchun kamida 1302000 so‘m to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisod qilishni ta’minlaydi, bu esa ishlab chiqilgan algoritmni joriy etishning yuqori farmakoiqtisodiy maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Xulosa: Ushbu ilmiy-amaliy ishlanma bolalar jarrohligida yiringli-yallig‘lanish asoratlarini oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks algoritm va uslubiy tavsiyanomalarning amaliyotga joriy etilishi orqali tibbiy xavfsizlikni oshirib, har bir bemor uchun 1 302 000 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlik va yuqori ijtimoiy natijaga erishilishini ta'minlaydi.
oltinchi ilmiy yangilik: ilk bor onixokriptozning jarrohlik korreksiyasida perpendikulyar chok texnikasiga asoslangan takomillashtirilgan usulni qo‘llash, operatsiyadan keyingi infeksion-destruktiv jarayonlar va patologiyaning residivlanish ehtimolini sezilarli darajada pasayishiga xizmat qilgani aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ekspert kengashining 2025-yil 3-maydagi 01-02-u-t-44-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalar jarrohlik yo‘nalishidagi patologiyalarda yiringli-yallig‘lanish asoratlarini oldini olish samaradorligini kompleks baholash usuli” va Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ekspert kengashining 2025-yil 3-maydagi 01-02-u-t-45-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarda jarrohlik yo‘nalishidagi patologiyalarda yiringli-yallig‘lanish jarayonlarini oldini olish samaradorligini kompleks baholash algoritmi” uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 05.01.2026-yildagi 12-son buyrug‘i bilan Qo‘qon shahar bolalar shifoxonasining 05.03.2026-yildagi 24-son va Marg‘ilon shahar bolalar shifoxonasining 04.03.2026-yildagi 38-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2026-yil 28-martdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yiringli-yallig‘lanish asoratlarining oldini olish tizimiga reabilitatsiya bosqichini faol kiritish residivlar va takroriy kasalxonaga yotqizish xavfini kamaytiradi, jarrohlik amaliyotidan so‘ng bolaning to‘liq tiklanishini ta’minlaydi va ota-onaning majburiy mehnatga layoqatsizlik davrini qisqartiradi, umuman olganda, oilaning hayot sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorlik: reabilitatsiya bosqichining profilaktik salohiyatini amalga oshirish residivlar chastotasini 31,3% dan 10,9% gacha kamaytirish orqali takroriy kasalxonaga yotqizish va aralashuvlar xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi, har bir bemor uchun kamida 1302000 so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri tejalishini ta’minlaydi va reabilitatsiya bo‘g‘inini bolalarga jarrohlik yordami ko‘rsatish tizimiga to‘liq kiritishning yuqori tashkiliy-iqtisodiy maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Xulosa: O‘nixokriptozni jarrohlik davolashda perpendikulyar chok texnikasiga asoslangan takomillashtirilgan usulni amaliyotga joriy etish yiringli-yallig‘lanish asoratlari va residivlar ehtimolini kamaytirib, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.