Niyozova Durdona Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda xolestatik sindromni immun - biokimyoviy diagnostikasiga yangicha yondashuv”, 14.00.09 – Pediatriya, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4170.
Ilmiy rahbarlar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Turaev Telmon Temirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirraximova Maktuba Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdujabarova Zulfiya Muratxodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda xolestatik sindromni immun-biokimyoviy diagnostikasi va prognozini takomillashtirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
giperbilirubinemiya AST darajasining 1,5 marta pasayishi, GGTP >148,7 Ed/l, IF >181,3 Ed/l va IL-6 >215,5 pg/ml bilan birgalikda yuqori informativ prognostik immunobiokimyoviy profilni shakllantirish asoslangan;
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kuzatilgan cho‘ziluvchan sariqlik fonida rivojlanadigan neonatal xolestazni erta aniqlash va uning asoratlarini oldini olishda kon’yugatsiyalangan bilirubin ko‘rsatkichlari, shuningdek IF, GGTP va IL-6 darajalarini bola hayotining dastlabki uch yili davomida dinamik baholash va monitoring qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
ilk bor cho‘ziluvchan sariqlik bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sitokinlar disbalansi shakllanishi, xususan yallig‘lanishga xos IL-6 (11,3 marta) va yallig‘lanishga qarshi IL-10 (15,1 marta) giperproduksiyasi bilan namoyon bo‘lishi, hamda bu holat tizimli immun yallig‘lanish javob faollashganligi va uning xolestatik sindrom patogenezida hal qiluvchi o‘rin tutishi asoslangan;
ilk bor korrelyasion tahlil asosida cho‘ziluvchan neonatal sariqlik bo‘lgan bolalarda xolestatik sindrom rivojlanishi immun yallig‘lanish mexanizmlar faollashuvi bilan bog‘liq ekanligi, IL-6 va TNF-α darajalarining oshishi bilan namoyon bo‘lishi, hamda giperbilirubinemiya, gipoglikemiya va gipoproteinemiya kabi metabolik buzilishlar bilan bog‘liq holda gepatotsitlar va o‘t yo‘llarining zararlanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xolestatik sindrom aniqlangan bemorlarda biokimyoviy va immunologik parametrlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: giperbilirubinemiya AST darajasining 1,5 marta pasayishi, GGTP >148,7 Ed/l, IF >181,3 Ed/l va IL-6 >215,5 pg/ml bilan birgalikda yuqori informativ prognostik immunobiokimyoviy profilni shakllantirish asoslanganligi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 iyulda tasdiqlangan «Bolalarda xolestatik sindromni immun-biokimyoviy tashxislash usuli» uslubiy qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasining 2024 yil 20 sentyabrdagi 6067-2-41-TV/2024-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Buxoro shahar tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 2024 yil 19 avgustdagi 91-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 2024 yil 30 avgustdagi 61-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024 yil 14 avgustdagi 133-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik:olingan natijalar xolestaz va u bilan bog‘liq surunkali gepatitning oldini olish imkonini beradi, bu esa surunkali gepatitning asoratlari rivojlanishini o‘z vaqtida aniqlash va tashxislashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bemorlarni davolash taktikasini tanlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: bolalarda xolestaz sindromini tashxislashning yangi usulini KTTMning amaliy faoliyatiga joriy etilishi qonning laborator ko‘rsatkichlari hajmini kamaytirish, koykalar davolanish kunlarini qisqartirish hisobiga statsionar sharoitida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 17 239600 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: immunobiokimyoviy ko‘rsatkichlar xolestatik sindrom xavfi va asoratlarini ko‘rsatishi asoslangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kuzatilgan cho‘ziluvchan sariqlik fonida rivojlanadigan neonatal xolestazni erta aniqlash va uning asoratlarini oldini olishda kon’yugatsiyalangan bilirubin ko‘rsatkichlari, shuningdek IF, GGTP va IL-6 darajalarini bola hayotining dastlabki uch yili davomida dinamik baholash va monitoring qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan, Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 1 iyuldagi 24 m/013-son qarori bilan tasdiqlangan «Bolalarda xolestatik sindromni immun-biokimyoviy tashxislash usuli» uslubiy qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasining 2024 yil 20 sentyabrdagi 6067-2-41-TV/2024-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Buxoro shahar tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 2024 yil 19 avgustdagi 91-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 2024 yil 30 avgustdagi 61-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024 yil 14 avgustdagi 133-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik:olingan natijalar xolestaz diagnostikasini optimallashtirish va aholi o‘rtasida jigar kasallilkraidan o‘limni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi, bu esa amaliyotchi mutaxassislarga ijtimoiy xarakterdagi surunkali jigar kasalliklarining oldini olish orqali nogironlikni kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik:bolalarda xolestaz sindromini tashxislashning yangi usulini joriy etish, KTTBning amaliy faoliyatiga qonning laboratoriya ko‘rsatkichlari hajmini kamaytirish, davolanish kunlarini qisqartirish hisobiga statsionar sharoitda bir bemor uchun davlat byudjetidan 17 239600 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: immunobiokimyoviy ko‘rsatkichlar (IL-6, GGTP, IF) xolestatik sindromni aniq tashxislash uchun samarali indikatorlar ekanligi asoslandi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor cho‘ziluvchan sariqlik bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sitokinlar disbalansi shakllanishi, xususan yallig‘lanishga xos IL-6 (11,3 marta) va yallig‘lanishga qarshi IL-10 (15,1 marta) giperproduksiyasi bilan namoyon bo‘lishi, hamda bu holat tizimli immun yallig‘lanish javob faollashganligi va uning xolestatik sindrom patogenezida hal qiluvchi o‘rin tutishi asoslangan, mazkur taklif Buxoro viloyati Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasining 2024 yil 20 sentyabrdagi 6067-2-41-TV/2024-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Buxoro shahar tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 2024 yil 19 avgustdagi 91-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 2024 yil 30 avgustdagi 61-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024 yil 14 avgustdagi 133-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: olingan natijalar xolestazning asorati sifatida surunkali gepatit va jigar sirrozi rivojlanishining yuqori xavfini ko‘rsatadi. Aholining surunkali gepatit va jigar sirrozi bilan kasallanishi o‘limni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, amaliyotchi mutaxassislar tomonidan ijtimoiy xarakterdagi surunkali jigar kasalliklarining oldini olish nogironlikni kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: bolalarda xolestaz sindromini tashxislashning yangi usulini joriy etish, KTTMning amaliy faoliyatiga statsionar sharoitda qonning laborator ko‘rsatkichlari hajmini kamaytirish, davolanish kunlarini kamaytirish hisobiga bir bemor uchun davlat byudjetidan 17 239600 so‘mni tejash imkonini berdi . Xulosa: neonatal xolestazni erta aniklash va okibatini oldini olish uchun bola hayotining birinchi 3 yilida bilirubin almashinuvi ko‘rsatkichlarini, IF, GGTP va IL-6 mikdorini dinamikada aniklash va monitoringini olib borishning axamiyati isbotlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor korrelyasion tahlil asosida cho‘ziluvchan neonatal sariqlik bo‘lgan bolalarda xolestatik sindrom rivojlanishi immun yallig‘lanish mexanizmlar faollashuvi bilan bog‘liq ekanligi, IL-6 va TNF-α darajalarining oshishi bilan namoyon bo‘lishi, hamda giperbilirubinemiya, gipoglikemiya va gipoproteinemiya kabi metabolik buzilishlar bilan bog‘liq holda gepatotsitlar va o‘t yo‘llarining zararlanishiga olib kelishi isbotlangan, Buxoro shahar tug‘ruq majmuasi bo‘yicha 2024 yil 19 avgustdagi 91-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 2024 yil 30 avgustdagi 61-sonli buyruq hamda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024 yil 14 avgustdagi 133-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: olingan natijalar ko‘krak yoshidagi bolalarda cho‘ziluvchan sariqlikda AST va IFni aniqlashni tashxislash standartlariga kiritish orqali jigar ichi xolestazini oldini olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu neonatologlar va pediatrlarning amaliy faoliyatiga xolestatik sindrom rivojlanishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: bolalarda xolestatik sindromni tashxislashning yangi usulini joriy etish, KTTMning amaliy faoliyatiga statsionar sharoitda qonning laborator ko‘rsatkichlari hajmini kamaytirish, davolanish kunlarini kamaytirish hisobiga bir bemor uchun davlat byudjetidan 17 239600 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: chakaloklarda cho‘ziluvchan sariqlikda xolestazni boskichma boskich aniklash algoritmi va profilaktikasi dasturi ishlab chikilgan.