Abidova Dildora Komil qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalaridagi shovqin ta’sirida eshitish qobiliyatining buzilishini tashxislash va korreksiya usulini ishlab chiqish» 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3733.
Ilmiy rahbar: Xasanov Ulug‘bek Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06. 
Rasmiy opponentlar: Sharipov Sanjar Salomovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Maxammadamin Maxmudnazarov Imamovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Tojikiston).
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat shifokorlarni malakasini oshirish instituti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Qandolat ishlab chiqarish korxonasi xodimlari orasida eshitish zaiflashuvining uchrashini aniqlash, profilaktika va sog‘lomlashtirish  choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qandolat ishlab chiqarish korxonasidagi ishchilar orasida eshituv analizatori  funksional xolatiga baho berilib, ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan shovqin va vibratsiya ta’sirining eshitish zaiflashuvi shakllanishidagi salbiy  va mustaqil xavf omillari ekanligi ilmiy asosda isbotlangan; 
qandolat ishlab chiqarish korxonasining shovqin va vibratsiya bor bo‘lgan bo‘limlarida muntazam eshitish himoya vositasidan foydalanmagan ishchilarning 8,9% holatda sensonevral eshitish zaifligi yuzaga kelishi isbotlangan;
ilk bor ishlab chiqilgan tashxis va korreksiya algoritmi sanoat ishchilarda amaliyotga joriy etildi va samaradorligini  baholash orqali, qo‘llanilgan algoritm natijasida eshitish qobiliyatini yo‘qotilishini aniqlash samaradorligi 28,5% ga, korreksiya usullarining klinik natijalari esa 71,3 holatda ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
qandolat ishlab chiqarish korxonasidagi shovqin va vibratsiya mavjud bo‘lgan bo‘limlarda muntazam eshitish faoliyatini monitoring qilib borish orqali ishchilarda eshitish zaiflikni oldini olish samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 10-iyun 19/53-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarni amaliyotga tadbigi bo‘yicha xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasining 2025 yil 5 iyundagi №3292-sonli xati yuborilgan):
Birinchi ilmiy yangilik: ilk bor qandolat ishlab chiqarish korxonasidagi ishchilar orasida eshituv analizatori  funksional xolatiga baho berilib, ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan shovqin va vibratsiya ta’sirining eshitish zaiflashuvi shakllanishidagi salbiy  va mustaqil xavf omillari ekanligi ilmiy asosda isbotlangani Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Ilmiy kengashining 2024-yil 21-iyundagi  № 06-24/343-t yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan. “Sanoat korxonalaridagi shovqin ta’sirida eshitish qobiliyatini tashxislash va korreksiya usullarini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan.  Ilmiy yangilikni joriy etilishi: Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy va amaliy markazining bilan tasdiqlangan xulosasi (2024 yil 25 oktyabrdagi №52-son),  “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi kengashi (2024 yil 22 yanvardagi №10&11A-son) amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorlik: Amaliy sog‘liqni saqlash tizimi uchun shovqin-vibratsiya ishlab chiqarishida ishlaydigan ishchilarda subektiv shovqinni aniqlashning yanada maqbul va mutlaqo adekvat usullari taklif etilgan. Iqtisodiy samaradorlik: Shovqin-vibratsiya kasbida ishlovchi ishchilarda audiometrik tekshiruvdan foydalanish kasallikning kechishini to‘g‘ri baholash va diagnostik tekshiruvda 125 000 so‘m tejash imkonini beradi. Xulosa: O‘tkazilgan tadqiqot natijalari qandolat ishlab chiqarish korxonalarida shovqin va vibratsiya sharoitida ishlovchi ishchilarda eshituv zaiflashuvini erta aniqlash hamda uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni baholash imkonini berdi. Natijada sog‘liqni saqlash tizimida diagnostik jarayonlar optimallashtirilib, ishchilarning eshitish salomatligini saqlash, kasallikning og‘ir shakllarini oldini olish hamda tibbiy xarajatlarni qisqartirishga erishildi. 
Ikkinchi ilmiy yangilik: Qandolat ishlab chiqarish korxonasining shovqin va vibratsiya mavjud bo‘lgan bo‘limlarida muntazam ravishda eshitish himoya vositalaridan foydalanmagan ishchilarning 8,9 % holatida sensorinevral eshitish zaifligi yuzaga kelishi aniqlangani Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Ilmiy kengashining 2024-yil 21-iyundagi  № 06-24/343-t yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan. “Sanoat korxonalaridagi shovqin ta’sirida eshitish qobiliyatini tashxislash va korreksiya usullarini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy va amaliy markazi (2024 yil 25 oktyabrdagi №52-son), hamda “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi kengashi (2024 yil 22 yanvardagi №10&11A-son) amaliy faoliyatiga joriy qilingan; Ijtimoiy samaradorlik:Ushbu natijalar asosida profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish ishchi sog‘ligini saqlash, mehnat qobiliyatini yo‘qotish holatlarini kamaytirish va jamiyat salomatligini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy sanaradorlik: Shovqin va vibratsiya ta’siri yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish bo‘limlarida eshitish himoya vositalaridan foydalanishni takomillashtirish orqali sensorinevral eshitish zaifligi holatlarini kamaytirish mehnat qobiliyatini saqlab qolishga, ishchi soatlarini yo‘qotishni oldini olishga va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Bu esa korxonaning sog‘lom ishchi kuchi resursini uzoq muddatda ta’minlab, mehnat unumdorligini oshiradi va mehnatga layoqatsizlik bilan bog‘liq iqtisodiy yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytirdi. Xulosa: Natijalarning amaliyotga joriy etilishi profilaktik choralarni kuchaytirish, ishchilar sog‘ligini saqlash va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qildi hamda mehnatga layoqatsizlik bilan bog‘liq iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirdi.
Uchinchi ilmiy yangilik: Ilk bor ishlab chiqilgan tashxis va korreksiya algoritmi sanoat ishchilarida amaliyotga joriy etildi va samaradorligi baholandi. Qo‘llanilgan algoritm natijasida eshitish qobiliyati yo‘qotilishini aniqlash samaradorligi 28,5 % ga, korreksiya usullarining klinik natijalari esa 71,3 % holatda ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlanganligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Ilmiy kengashining 2024-yil 21-iyundagi  № 06-24/344-t yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan. “Sanoat korxonalaridagi shovqin ta’sirining eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sirini oldini olish va boshqarish chora tabirlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Ilmiy yangilikni joriy etishi: Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy va amaliy markazi (2024 yil 25 oktyabrdagi №52-son), “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi kengashi (2024 yil 22 yanvardagi №10&11A-son) amaliyotiga joriy qilingan; Ijtimoiy samaradorlik: Taklif etilgan shaxsiy himoya vositalari ishchilarning ahvolini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: Ishlab chiqilgan shovqin-vibratsiya kasbida ishlovchi ishchilarni davolash taktikasi har bir bemor uchun davolash-reabilitatsiya tadbirlarida 425 000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa:Ilk bor ishlab chiqilgan tashxis va korreksiya algoritmining amaliyotga joriy etilishi eshitish qobiliyati yo‘qotilishini aniqlash samaradorligini 28,5 % ga oshirdi hamda 71,3 % holatda ijobiy klinik natija berdi. Natijalar ishchilar sog‘ligini yaxshilashga, himoya vositalaridan samarali foydalanishga xizmat qildi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: Qandolat ishlab chiqarish korxonasida shovqin va vibratsiya mavjud bo‘lgan bo‘limlarda eshitish faoliyatini muntazam monitoring qilib borish orqali ishchilarda eshitish zaifligini oldini olish samaradorligi aniqlanganligi  Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Ilmiy kengashining 2024-yil 21-iyundagi  № 06-24/344-t yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan. “Sanoat korxonalaridagi shovqin ta’sirining eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sirini oldini olish va boshqarish chora tabirlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Ilmiy yangilikni joriy etilishi: Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy va amaliy markazi (2024 yil 25 oktyabrdagi №52-son) tasdiqlangan xulosasi, “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi kengashi (2024 yil 22 yanvardagi №10&11A-son) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: Ushbu chora-tadbirlar mehnat muhitining sog‘lomlashishiga, ishchi sog‘ligini muhofaza qilishga va mehnat qobiliyatini uzoq muddatli saqlab qolishga xizmat qiladi. Natijada jamoa sog‘lomligi yaxshilanib, ishchi salohiyatining barqarorligi va aholining umumiy turmush sifatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatiladi. Iqtisodiy samaradorlik: Ishlab chiqarish jarayonida uzlyuksizlikni ta’minlab, ishchi mehnat unumdorligini oshirish hamda korxona uchun sog‘lom ishchi kuchini saqlab qolish orqali iqtisodiy yo‘qotishlarni qisqartirishga xizmat qiladi. Shu tariqa, monitoring tizimini joriy etish mehnat resurslaridan samarali foydalanish va ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirishga iqtisodiy jihatdan ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa: Qandolat ishlab chiqarish korxonalarida shovqin va vibratsiya mavjud bo‘lgan bo‘limlarda eshitish faoliyatini muntazam monitoring qilish ishchilarda eshitish zaifligini erta aniqlash va oldini olishda samarali ekanligi aniqlandi. Ushbu yondashuv mehnat muhitini sog‘lomlashtirish, ishchi sog‘ligini uzoq muddatli saqlash hamda mehnat unumdorligini oshirish orqali ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ijobiy natija berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish