Uzoqova Feruza Baraka qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”, 08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4183.
Ilmiy rahbar: Abdusalomova Nodira Bahodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc. 03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xodjaeva Mu’tabar Xamidulla qizi, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “moliyaviy majburiyat” tushunchasining iqtisodiy mazmuni moliyaviy majburiyatni faqat huquqiy yoki shartli bitim sifatida emas, balki iqtisodiy manfaatlarni boshqa tomon foydasiga majburiy tarzda vaqtinchalik ko‘chirish zaruriyatini ifodalovchi buxgalteriya ob’ekti sifatida talqin etish hamda uni ifodalash aniqligini ta’minlovchi iqtisodiy va funksional mohiyati nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida olingan avanslar bo‘yicha majburiyatlarni hisobga olish tizimi olingan avanslarni joriy majburiyatlar tarkibida va uzoq muddatli avanslarni esa abonent, shartnoma va xizmat turi kesimida analitik schetlar orqali yuritish hamda daromadni e’tirof etish paytiga qadar alohida nazorat qilish tartibini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
kredit majburiyatlari bo‘yicha foiz xarajatlarini hisobga olish uslubiyoti hisoblangan foizlarni jamlash, ularni xarajat sifatida tan olish, to‘lov grafigi bo‘yicha joriy va kelgusi davr yukini ajratib ko‘rsatish hamda moliyaviy hisobot izohlarida kreditor, stavka, muddat va foiz to‘lovlari tarkibini alohida ochib berish tartibini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;

moliyaviy hisobot izohlarida garovga qo‘yilgan aktivlar va ular bilan bog‘liq majburiyatlar to‘g‘risidagi axborotni ochib berish mexanizmi har bir garov ob’ekti bo‘yicha uning turi, balans qiymati, ta’minlangan majburiyat summasi, kreditor nomi va ta’minlanganlik darajasini qamrab oluvchi alohida axborot blokini kiritish tartibini joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “moliyaviy majburiyat” tushunchasining iqtisodiy mazmuni moliyaviy majburiyatni faqat huquqiy yoki shartli bitim sifatida emas, balki iqtisodiy manfaatlarni boshqa tomon foydasiga majburiy tarzda vaqtinchalik ko‘chirish zaruriyatini ifodalovchi buxgalteriya ob’ekti sifatida talqin etish hamda uni ifodalash aniqligini ta’minlovchi iqtisodiy va funksional mohiyati nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Oraliq boshqaruv hisobi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 22-noyabrdagi 465-sonli buyrug‘i). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilish natijasida jamiyatning  moliyaviy majburiyatlari hisobi molyaiviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)lari asosida yuritishda va hisobotlarning ilovalarida yoritib berishda aniqlik va shaffoflikka erishilgan; 
aksiyadorlik jamiyatlarida olingan avanslar bo‘yicha majburiyatlarni hisobga olish tizimi olingan avanslarni joriy majburiyatlar tarkibida va uzoq muddatli avanslarni esa abonent, shartnoma va xizmat turi kesimida analitik schetlar orqali yuritish hamda daromadni e’tirof etish paytiga qadar alohida nazorat qilish tartibini joriy etish asosida takomillashtirish taklifi “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan 2025-yil 2- iyundagi 1-sonli bayonnomaga muvofiq amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsuvta’minot”AJ  2025-yil 18-iyundagi 2/20-3025-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida olingan avanslar bo‘yicha majburiyatlarni hisob olishda shaffoflikka va aniqlikka erishilgan.
kredit majburiyatlari bo‘yicha foiz xarajatlarini hisobga olish uslubiyoti hisoblangan foizlarni jamlash, ularni xarajat sifatida tan olish, to‘lov grafigi bo‘yicha joriy va kelgusi davr yukini ajratib ko‘rsatish hamda moliyaviy hisobot izohlarida kreditor, stavka, muddat va foiz to‘lovlari tarkibini alohida ochib berish tartibini qo‘llash asosida takomillashtirilgan taklifi “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan 2025-yil 2- iyundagi 1-sonli bayonnomaga muvofiq amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsuvta’minot”AJ  2025-yil 18-iyundagi 2/20-3025-son ma’lumotnomasi). Maskur taklifni amaliyotga joriy etishi buxgalteriya axborotining moliyaviy holat va pul oqimlarini real aks ettirishiga, foydalanuvchilarga moliyaviy risklarning kelajakdagi ta’sirini to‘g‘ri baholash imkoniyatini berdi. Shuningdek, jamiyat tomonidan investision qarorlar qabul qilishda aniqlikni oshirdi va MHXSga moslashuvi ta’minlandi.
moliyaviy hisobot izohlarida garovga qo‘yilgan aktivlar va ular bilan bog‘liq majburiyatlar to‘g‘risidagi axborotni ochib berish mexanizmi har bir garov ob’ekti bo‘yicha uning turi, balans qiymati, ta’minlangan majburiyat summasi, kreditor nomi va ta’minlanganlik darajasini qamrab oluvchi alohida axborot blokini kiritish tartibini joriy etish asosida takomillashtirilgan taklifi “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan 2025-yil 2-iyundagi 1-sonli bayonnomaga muvofiq amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsuvta’minot” AJ 2025-yil 18-iyundagi 2/20-3025-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida jamiyat tomonidan jalb qilingan majburiyat va garovga quyilgan aktivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligi ortadi, manfaatdor tomonlar uchun risklarni baholash imkoniyati kengayadi, hisobotlarning ishonchliligi va huquqiy aniqligi ta’minlandi. Shuningdek, 1-son Buxgalteriya hisobining xalaro standarti (BHXS) «Moliyaviy hisobotni taqdim etish» kabi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqlik darajasi ortib, moliyaviy hisobotga bo‘lgan investision ishonch mustahkamlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish