Medesheva Bibinur Erkebek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sa’diy “Guliston”ida qo‘llangan fe’l leksemalarning stilistik xususiyatlari”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3426.
Ilmiy rahbar: Alimova Xolida Zikrillaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.05.03.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Maxmudov Umedullo Akmaliddin o‘g‘li, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi Sa’diy Sheroziy “Guliston” asarida qo‘llangan fe’l leksemalarni sistem-funksional tasniflash, sinonim va antonim fe’l leksemalarning stilistik imkoniyatlari hamda stilistik vositalarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Guliston” asarida fe’l leksemalar sistem-funksional yondashuvga ko‘ra tasniflangan va ularning matnning ma’noviy butunligi, uslubiy ta’sirchanligi, didaktik mazmunini shakllantirishdagi vazifalari dalillangan;
“Guliston” asari matnida bir gap doirasida qo‘llangan fe’l leksemalarning sinonimik va antonimik munosabatlari asar badiiy-kompozision mukammalligini ta’minlovchi muhim omil ekanligi semantik va struktur yaxlitlik, badiiy tasvir va obrazlilik, kompozision izchillik va uslubiy-ekspressivlik mezonlari asosida belgilangan;
asarda fe’l leksemalar ishtirokida yuzaga kelgan takror, ellipsis, tovush takrori, metafora va frazeologik birliklar kabi stilistik vositalarning emotsional-ekspressivlikni kuchaytirish, ritmik-kompozision yaxlitlikni ta’minlash hamda asarning didaktik ta’sirchanligini oshirishdagi funksional-stilistik, uslubiy-pragmatik o‘rni asoslangan;
Sa’diy Sheroziyning fe’l leksemalarni funksional tanlash, ularning stilistik imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish hamda fe’l leksemalar vositasida badiiy-estetik, axloqiy-falsafiy hamda didaktik ta’sirni kuchaytirishga asoslangan uslubiy individualligi va tildan foydalanishdagi mahorati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Guliston” asaridagi fe’l leksemalarning stilistik xususiyatlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari, amaliy tavsiyalari va xulosalaridan quyidagi loyihalar doirasida foydalanilgan:
“Guliston” asarida fe’l leksemalar sistem-funksional yondashuvga ko‘ra tasniflash va ularning matnning ma’noviy butunligi, uslubiy ta’sirchanligi, didaktik mazmunini shakllantirishdagi vazifalarini aniqlashdan olingan xulosalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2023-yil 11-iyundagi 26-IB qarori bilan tashkillashtirilgan “Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati” amaliy loyihasining badiiy asar (adabiyot) stilistikasi tadqiqiga doir terminlarini shakllantirishda qo‘llanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025-yil 9-iyuldagi 04-04-02/1777-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada Sa’diyning “Guliston” asari tadqiqida ishlatilgan faol terminlar muqobili qiyoslangan holda belgilanib, uning ma’no qamrovi jihatidan ekvivalentlari aniqlanib, lug‘atdagi asar tili va yozuvchi uslubi bilan bog‘liq terminlarning aniq, to‘g‘ri va zamonaviy izohlari shakllantirilishida keng qo‘llanilgan hamda materiallar Sa’diyning so‘z qo‘llash mahorati va asar tilining xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
“Guliston” asari matnida bir gap doirasida qo‘llangan fe’l leksemalarning sinonimik va antonimik munosabatlari asar badiiy-kompozision mukammalligini ta’minlovchi muhim omil ekanligi semantik va struktur yaxlitlik, badiiy tasvir va obrazlilik, kompozision izchillik va uslubiy-ekspressivlik mezonlarini belgilashga doir tahliliy fikrlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “G‘azal bo‘stoni” eshittirishlarining senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi 2025-yil 7-noyabrdagi 05-09-1749-son ma’lumotnomasi). Natijada “Guliston” asaridagi fe’llarning uslubiy xususiyatlari, Sa’diyning fe’l qo‘llashdagi mahoratiga doir ma’lumotlar efirga uzatilgan eshittirishlarning ilmiy dalillarga boy va ilmiy-ommabop bo‘lishini ta’minlagan;
Sa’diy Sheroziyning fe’l leksemalarni funksional tanlash, ularning stilistik imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish hamda fe’l leksemalar vositasida badiiy-estetik, axloqiy-falsafiy hamda didaktik ta’sirni kuchaytirishga asoslangan uslubiy individualligi va tildan foydalanishdagi mahoratiga oid materiallardan O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan tashkil etilgan Adabiy tanqid ijodiy kengashi hisobot yig‘ilishlarida, “Onajonim she’riyat” to‘garagi, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o‘tgan ijodiy kechalar, “Mahorat darslari”da foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 18-noyabrdagi 01-03/418-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu yig‘ilish, to‘garak va ijodiy kechalar uchun tayyorlangan materiallar yanada mukammallashgan.