Jo‘raeva Lola Ismatulloevnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tabiiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12165.
Ilmiy rahbar: Ro‘zieva Dilnoz Salimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2026.10.04.Ped.43.02.
Rasmiy opponentlar: Hamdamova Nozima Muqimovna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Salimovna Sarvinoz Farxodovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak mutaxassislarning ekologik kompetentligini rivojlantirish metodologiyasi ekopedagogik ta’lim fanlari mazmuniga an’anaviy, institutsional va shaxslararo-refleksiv munosabatlarni integratsiyalashtirgan holda tarixiy meros, milliy qadriyatlar va madaniy-an’anaviy tafakkurga mos ekologik ta’lim muhitining kognitiv, aksiologik va adaptiv komponentlarini sinergetik uyg‘unlashtirish natijadorligi kompetensiyaviy-integrativ yondashuv orqali ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ekologik yo‘naltirilgan axborotlar mazmunini kompetensiyaviy talablar bilan integratsiyalashtirish, ekotrening, evristik va ijodiy muammoli vaziyatlarni modellashtirishga asoslangan strategik monitoring funksiyalarini bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish hamda raqamli tahlil mexanizmlari orqali ta’lim sifatini baholashning innovatsion tizimini joriy etish asosida aniqlashtirilgan;
innovatsion integratsiyaga asoslangan ekologik ta’lim-tarbiya modeli ta’limning adaptiv yondashuv darajasidan tizimli modellashtirilgan raqamli-innovatsion darajaga o‘tishini ta’minlovchi pedagogik va algoritmlashtirilgan jarayonlarning prognostik, dinamik va refleksiv mexanizmlarini konseptual modellashtirish jarayonini amaliyotga tatbiqi orqali bo‘lajak mutaxassislarda ekologik fikrlash, innovatsion yondashuv va barqaror rivojlanish kompetensiyalarini shakllantirishning samarali mexanizmi takomillashtirilgan;
talabalarning ekologik kompetentligini shakllantirishning pedagogik mexanizmlari psixologik, huquqiy, tashkiliy va texnologik komponentlarning o‘zaro integratsiyasini ta’minlovchi shaxsga yo‘naltirilgan faoliyat modelini ishlab chiqish, ekopedagogik ta’limni raqamli boshqarish va intellektual nazorat qilish jarayonlarini modellashtirish hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtiruvchi innovatsion “AkmeoCompetence” didaktik platformasini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak mutaxassislarning ekologik kompetentligini rivojlantirish metodologiyasi ekopedagogik ta’lim fanlari mazmuniga an’anaviy, institutsional va shaxslararo-refleksiv munosabatlarni integratsiyalashtirgan holda tarixiy meros, milliy qadriyatlar va madaniy-an’anaviy tafakkurga mos ekologik ta’lim muhitining kognitiv, aksiologik va adaptiv komponentlarini sinergetik uyg‘unlashtirish natijadorligi kompetensiyaviy-integrativ yondashuv orqali ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan tavsiyalar 60721200-Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak mutaxassislar uchun tayyorlangan “Elektr va magnetizm” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i 194-458 raqamli guvohnoma) Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning ekologik kompetentligini rivojlantirish samaradorligi oshirildi, ekologik bilim, ekologik qadriyat va amaliy ko‘nikmalarni kasbiy tayyorgarlik mazmuni bilan integratsiyalash ta’minlandi, ekologik tafakkur, ekologik mas’uliyat hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini kasbiy faoliyatda qo‘llash kompetensiyalarining rivojlanish darajasi sezilarli yuksalgan;
talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ekologik yo‘naltirilgan axborotlar mazmunini kompetensiyaviy talablar bilan integratsiyalashtirish, ekotrening, evristik va ijodiy muammoli vaziyatlarni modellashtirishga asoslangan strategik monitoring funksiyalarini bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish hamda raqamli tahlil mexanizmlari orqali ta’lim sifatini baholashning innovatsion tizimini joriy etish asosida rivojlantirilgan takliflardan “Robokit” MChJ da bajarilgan “STEM yo‘nalishida arduino bazasiga asoslangan DIY (do it yourself) konstruktorlarini yaratish hamda ularni o‘qitish metodikasini ishlab chiqish” Startup loyihasida foydalanilgan (“Robokit” MChJning 2025-yil 26-iyuldagi ma’lumotnomasi №17). Natijada, Startup loyihasi doirasida yaratilgan o‘quv konstruktorlari va metodik ta’minotning didaktik imkoniyatlari kengaytirildi, ekologik kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion o‘quv muhiti shakllantirildi hamda ekologik yo‘naltirilgan loyiha faoliyatining samaradorligi oshirildi;
innovatsion bosqichma-bosqich integratsiyaga asoslangan ekologik ta’lim-tarbiya modeli ta’limning adaptiv yondashuv darajasidan tizimli modellashtirilgan raqamli-innovatsion darajaga o‘tishini ta’minlovchi pedagogik va algoritmlashtirilgan jarayonlarning prognostik, dinamik va refleksiv mexanizmlarini konseptual modellashtirish jarayonini amaliyotga tatbig‘i orqali bo‘lajak mutaxassislarda ekologik fikrlash, innovatsion yondashuv va barqaror rivojlanish kompetensiyalarini shakllantirishning samarali mexanizmi takomillashtirilgan tavsiyalardan 60710300- Matbaa va qadoqlash muhandisligi yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Qattiq jism deformatsiyasi” nomli darslik mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 2025-yil 8-apreldagi 220-U-sonli buyrug‘i, 220-21 raqamli guvohnoma). Natijada, muhandislik yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar uchun ekologik xavfsizlik, resurslardan oqilona foydalanish, ekologik jihatdan barqaror texnologiyalarni qo‘llash va ishlab chiqarish jarayonlarining ekologik ta’sirini baholashga oid kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan, hamda darslikning metodik va amaliy ahamiyati oshirilgan;
talabalarning ekologik kompetentligini shakllantirishning pedagogik mexanizmlari psixologik, huquqiy, tashkiliy va texnologik komponentlarning o‘zaro integratsiyasini ta’minlovchi shaxsga yo‘naltirilgan faoliyat modelini ishlab chiqish, ekopedagogik ta’limni raqamli boshqarish va intellektual nazorat qilish jarayonlarini modellashtirish hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtiruvchi innovatsion “AkmeoCompetence” didaktik platformasini joriy etish asosida takomillashtirishga oid takliflardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida bajarilgan FZ-2016-0909111822 – “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2020-2023-yy.) mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 25-fevraldagi 01/09/134-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarda ekologik kompetentlik, refleksiv tafakkur, innovatsion yondashuv va barqaror rivojlanish tamoyillarini amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi muayyan darajada oshgan.