Komilov Baxrom Jamoldinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pulicaria uliginosa, Pulicaria gnaphalodes, Thalictrum minus va Inula caspica o‘simliklarining terpenoid va fenol moddalari», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/K133.
Ilmiy rahbar: Eshbakova Komila Alibekovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: P. uliginosa, P. gnaphalodes, Th. minus L. va Inula caspica o‘simliklarining terpenoid va fenol moddalarini ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishi hamda biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
P. uliginosa, P. gnaphalodes, Th. minus L. va I. caspica o‘simliklaridan 9 ta terpenoid, 13 ta fenol moddasi ajratib olingan;
ajratib olingan moddalardan 5 tasi (2 ta diterpenoid, 1 ta flavonoid diglikozidi, 2 ta fenol tabiatli) yangi modda bo‘lib, ularning tuzilishi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston florasi va Pulicaria turkumidan ent-kauran tipidagi diterpenoid ajratib olingan;
puligeindiozid diterpenoidining yuqori antispazmolitik va antigipertenziv ta’sirga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pulicaria, Thalictrum va Inula turkumlariga oid P. uliginosa, P. gnaphalodes, Th. minus L. va I. caspica o‘simliklarining terpenoid va fenol moddalarini ajratish, kimyoviy tuzilishi va biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
I. caspica o‘simligidan ajratib olingan xrizoeriol va lyuteolin flavonoidlaridan FA-F6-T083 raqamli «Yurak va silliq muskul hujayralarini Sa2+-gomeostazi biologik faol moddalar yordamida modulyasiya yo‘llarini izlash va tavsiflash» loyihasida relaksant ta’sirida kalamush aorta qon tomiri preparati silliq muskul hujayralarida joylashgan L-tip Sa2+-kanallarga ta’sirini o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil  avgustdagi 4/1255-2136-son ma’lumotnomasi). Natijada relaksant ta’sirida kalamush aorta qon tomiri preparati silliq muskul hujayralarida joylashgan L-tip Sa2+-kanallarga ta’sirini aniqlash imkonini bergan;
Pulicaria uliginosa, Pulicaria gnaphalodes, Inula caspica va Thalictrum minus o‘simliklaridan ajratib olingan diterpenoidlar, flavonoidlar, kumarin, sterollar va ularning antioksidant, antispazmolitik hamda antigipertenziv faolligi bo‘yicha ma’lumotlardan Xitoy Fanlar akademiyasi Sin`szyan fizika va kimyo-texnika institutida «International Science and Technology Center Projects» loyihasida o‘simliklardan ajratib olingan moddalarning tuzilishi va biologik faolligini aniqlashda foydalanilgan (Xitoy Fanlar akademiyasi Sin`szyan fizika va kimyo-texnika instituti ma’lumotnomasi). Natijada  ajratib olingan yangi moddalarning tuzilishi va biologik faolligini aniqlash imkonini bergan;
puligeindiozidning tuzilishi Angliyadagi xalqaro ma’lumotlar bazasi KSMBga kiritilgan (The Cambrige Structural Database, https:/www.ccdc.cam.ac.uk/structures/). Natijada bazaga kiritilgan o‘xshash moddalarning fazoviy tuzilishlarini va elektron dasturlarni qo‘llagan holda potensial farmakologik faoligini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish