Jumaev Zavqiyor Ismatilloevichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6510.
Ilmiy rahbar: Qarshibaev Asqarbek Ilashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.28.11.T.16.01
Rasmiy opponentlar:
Turaev Akramjon Ikromjonovich - texnika fanlari doktori.
Latipov Saidmurod Tuyg‘unovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
 Tadqiqot mavzusi: Konchilik korxonalaridagi rudani maydalash jarayonini boshqarish asosida elektr energiya iste’moli samaradorligini oshirish. 
II.Tadqiqot maqsadi: konchilik korxonalarining texnologik jarayonlarini boshqarish asosida elektr energiyasi sarfini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tatqiqotning ilmiy yangiligi:
rudalarni maydalash jarayonidagi elektr uskunalarning elektr energiyasi iste’moli samaradorligini aniqlash imkonini beruvchi matematik modeli va algoritmi ruda hajmining texnologik suv sarfiga mutanosibligini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
rudalarni maydalash jarayonining energiya samarador ish rejimlarini ta’minlovchi mexanizmlarning energetik va texnologik parametrlarini shakllantirish asosida operativ boshqaruv tizimining funksional sxemasi  ishlab chiqilgan;
rudalarni maydalash jarayonlaridagi ruda hajmining suv sarfiga o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini beruvchi operativ boshqarish tizimining dasturiy ta’minoti va imitatsion modeli texnologik shartlar asosida ishlab chiqilgan;
konchilik korxonalari texnologik jarayonlaridagi elektr uskunalarning solishtirma elektr energiya sarfini me’yorlash usuli hisobiy, eksperimental va hisobiy-statistik usullar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konchilik korxonalarining texnologik jarayonlarida ruda hajmining suv sarfiga o‘zaro muvofiqlashtirish asosida ish rejimlarini boshqarish orqali elektr energiya iste’moli samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar:
konchilik korxonalarida elektr energiya iste’moli samaradorligini oshirish imkonini beruvchi operativ boshqarish tizimi Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ ga qarashli 7-gidrometallurgiya zavodida joriy qilingan. (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2026 yil 18-fevraldagi 02-15-02/1679 – sonli ma’lumotnomasi va dalolatnomasi). Natijada konchilik korxonalari texnologik jarayonlaridagi elektr uskunalarining elektr energiyasi iste’moli samaradorligini oshirish hisobiga yiliga 208 791 000 so‘m/yil mablag‘ni iqtisod qilishga imkon bergan;
konchilik korxonalarining texnologik jarayonlaridagi elektr uskunalarining elektr energiya sarfini me’yorlash bo‘yicha ishlab chiqilgan usul “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ga qarashli 7-gidrometallurgiya zavodida joriy qilingan. (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2026 yil 18-fevraldagi 02-15-02/1679 – sonli ma’lumotnomasi va dalolatnomasi). Natijada texnologik jarayonlardagi elektr uskunalarning elektr energiyasi iste’molini me’yorlash asosida 1 tonna ruda uchun 0,14 kVt·soat elektr energiyasini iqtisod qilishga imkon bergan;
konchilik korxonalari texnologik jarayonlaridagi elektr uskunalarining ish rejimlarini operativ boshqarish imkonini beruvchi tizim Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ ga qarashli 7-gidrometallurgiya zavodida joriy qilingan. (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2026 yil 18-fevraldagi 02-15-02/1679 – sonli ma’lumotnomasi va dalolatnomasi). Natijada konchilik korxonalari texnologik jarayonlaridagi ruda hajmining suv sarfiga o‘zaro muvofiqlashtirish orqali yiliga 208 791 kVt·soat elektr energiyasini iqtisod qilishga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish