Sarsenbaev Dauitbay Joldasbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Zamonaviy texnologiyani qo‘llash asosida havo kemalariga parvozdan keyin texnik xizmat ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish, 05.02.08 – Uchish apparatlarini loyihalash, ularning konstruksiyasi, ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va er usti majmualari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5676
Ilmiy rahbar: Maturazov Izzat Solievich, PhD., dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.10/2025.27.12.T.01.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Zakirov Ruslan Gilmullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida zamonaviy texnologiyani qo‘llash asosida parvozdan keyin texnik xizmat ko‘rsatish jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
havo kemalariga parvozdan keyingi texnik xizmat ko‘rsatish jarayonining samaradorligini oshirish usuli zamonaviy raqamli texnologiya asosida texnik xizmat ko‘rsatish jarayoni bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
havo kemasiga parvozdan keyin texnik xizmat ko‘rsatishda uning nasozligini aniqlash usuli nosozlikni oldindan aniqlashga qaratilgan zamonaviy raqamli texnologiyani qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
parvozdan keyingi texnik xizmat ko‘rsatish jarayonining asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi va jarayonni optimallashtirishga xizmat qiluvchi matematik model va algoritm ishlab chiqilgan;
zamonaviy texnologiyalar asosida havo kemalariga parvozdan keyin texnik xizmat ko‘rsatish jarayonini takomillashtirishning ilmiy asoslangan modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Havo kemalariga parvozdan keyin texnik xizmat ko‘rsatish jarayonini algoritmik boshqariladigan raqamli ish jarayoni sifatida qo‘llash orqali olingan natijalar asosida:
Havo kemalariga parvozdan keyin texnik xizmat ko‘rsatish AirTXK tizimi “Uzbekistan Airways Technics” MChJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 14-maydagi 4/E632-sonli ma’lumotnomasi). Natijada havo kemalariga parvozdan keyin texnik xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish, bajarilish jarayonlarini belgilangan algoritm asosida amalga oshirish va jarayon davomidagi kutilmagan nosozliklarning oldini olish ta’minlanildi, raqamli texnik xizmat ko‘rsatish tizimi bilan ish jarayonining bajarilishi tezlashganligi asosida bir kunlik tejamkorlik oylik o‘rtacha 30,7 mln. so‘m hamda yillik o‘rtacha 368 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
Havo kemalariga parvozdan keyin texnik xizmat ko‘rsatish AirTXK tizimi “Uzbekistan helicopters” MChJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 14-maydagi 4/E632-sonli ma’lumotnomasi). havo kemasiga parvozdan keyin texnik xizmat ko‘rsatish taklif etilgan texnologiyani qo‘llash orqali amaldagi tizimga nisbatan inson omilining kamayishiga, kutilmagan nosozliklarni oldi olinishiga va parvozdan keyin texnik xizmat ko‘rsatish samaradorligi 64 % ga oshishiga erishilgan.