Turaboev Shuxrat Maxmadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy o‘simlik xomashyolari asosida kapsula shaklidagi original tayyor dori vositalar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/K73.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Baxodir Taxirovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatxanov Axmatxon Umarxonovich, texnika fanlari doktori, professor; Haydarov Vosiljon Rasulovich, farmatsevtika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy o‘simlik xomashyolari asosida surgi xususiyatiga ega ravonol va xlamidiyalarga qarshi gozalidon vositalarining kapsula shakli tarkibini tanlash, texnologiyasini ishlab chiqish va standartlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ravonol va gozalidon substansiyalarining fizik-kimyoviy xususiyatlari baholangan va texnologik xossalari aniqlangan;
ilk bor original vositalar ravonol va gozalidonning kapsula shakllari yaratilgan va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
xlamidiyalarga qarshi gozalidon preparatining yangi dori shaklini yaratish orqali uning organoleptik va organizmga ta’sir etish xususiyatlari oshganligi aniqlangan;
yaratilgan kapsula shakllarining fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlari aniqlangan va biosamaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot ob’ektlaridan kapsula olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xlamidiyalarga qarshi faollikka ega bo‘lgan gozalidon dori vositasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP05681, 2018 y.). Natijada xlamidiya infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun kapsula shaklidagi dori vositasini yaratish imkonini bergan;
mahalliy o‘simlik xomashyosi asosida surgi xususiyatiga ega ravonol biologik faol qo‘shimchasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP05804, 2019 y.). Natijada qabziyatning oldini olish va samarali davolash uchun kapsula shaklidagi biologik faol qo‘shimchani yaratish imkonini bergan;
surgi xususiyatiga ega ravonol kapsula shaklining me’yoriy hujjatlari tasdiqlangan, ishlab chiqarish va amaliyotda qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat etilgan (Guvohnoma №000335). Natijada surgi xususiyatiga ega ravonol biologik faol qo‘shimchaning kapsula shaklini ishlab chiqarish imkonini bergan.