Nuriddinova Madina Raim qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Wiki-texnologiyasi asosida talabalarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7111.
Ilmiy rahbar: Kushieva Nodira Xabibjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2026.10.04.Ped.43.02.
Rasmiy opponentlar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Jabborova Saodat Zoirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Turon universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi wiki-texnologiyasi asosida talabalarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Wiki-texnologiyasi asosida talabalarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik mexanizm hamkorlikda akademik matn yaratish jarayonida yozuv faoliyatining kognitiv, kommunikativ va refleksiv komponentlarini mazmuniy-protsessual integratsiyalash, individual va jamoaviy yozuv faoliyatining uzviyligini ta’minlash, o‘zaro tahrirlash hamda ekspert fikr-mulohazalari asosida matnni tahrirlash imkonini beruvchi “loyihalash – hamkorlikda yozish – tahrirlash – ekspert baholash – qayta ishlash – refleksiya” bosqichlaridan iborat siklik modelni ta’lim jarayoniga joriy etish orqali takomillashtirilgan.
talabalarning ingliz tilidagi yozuv kompetensiyasini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari wiki-texnologiyasi imkoniyatlari asosida ilmiy yozuv janrlari (esse, laboratoriya hisoboti, ilmiy abstrakt, kuzatuv bayonnomasi, tadqiqot tavsifi)ni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan integrativ o‘quv kontenti, akademik lug‘atni rivojlantirish, sohaga oid o‘qish materiallari, multimediaviy resurslar hamda hamkorlikdagi yozuv faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi 12 haftalik adaptiv modul tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
Wiki-texnologiyasi asosida talabalarning ingliz tilidagi yozuv kompetensiyasini baholash mezonlari lingvistik-diskursiv, sotsiopragmatik, kollaborativ va refleksiv-raqamli komponentlarning o‘zaro integratsiyasiga ustuvorlik berish, matn yaratish jarayoni va yakuniy yozma mahsulot natijalarini uyg‘un baholash hamda Wiki-platformadagi versiyalar tarixi, individual hissa, tengdoshlararo tahrir va refleksiv qayta ishlash dinamikasini darajaviy diagnostik indikatorlarga transformatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
Wiki-texnologiyasi asosida talabalarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirish metodik modeli “Wiki Writing Cycle” metodikasini joriy etish, ya’ni muammoli yozuv topshirig‘ini loyihalash, individual g‘oyalarni generatsiyalash, wiki-muhitida hamkorlikda matn konstruksiyalash, “ikki bosqichli peer-review” asosida o‘zaro tahrirlash, versiyalar tarixini qiyosiy tahlil qilish va refleksiv qayta yozish jarayonlarini siklik tashkil etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy fanlar yo‘nalishidagi talabalarning yozma nutq kompetensiyasini wiki-texnologiyalari asosida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan natijalar asosida:
Wiki-texnologiyasi asosida talabalarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik mexanizm hamkorlikda akademik matn yaratish jarayonida yozuv faoliyatining kognitiv, kommunikativ va refleksiv komponentlarini mazmuniy-protsessual integratsiyalash, individual va jamoaviy yozuv faoliyatining uzviyligini ta’minlash, o‘zaro tahrirlash hamda ekspert fikr-mulohazalari asosida matnni tahrirlash imkonini beruvchi “loyihalash – hamkorlikda yozish – tahrirlash – ekspert baholash – qayta ishlash – refleksiya” bosqichlaridan iborat siklik modelni ta’lim jarayoniga joriy etish orqali takomillashtirilgan taklif va tavsiyalardan Workshop modullari integratsiyasiga asoslangan o‘quv muhiti hamda tabiiy fanlar yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan 12 haftalik o‘quv kontenti tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 12-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishning metodik ta’minoti muayyan daraja boyitilishiga erishilgan;
talabalarning ingliz tilidagi yozuv kompetensiyasini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari wiki-texnologiyasi imkoniyatlari asosida ilmiy yozuv janrlari (esse, laboratoriya hisoboti, ilmiy abstrakt, kuzatuv bayonnomasi, tadqiqot tavsifi)ni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan integrativ o‘quv kontenti, akademik lug‘atni rivojlantirish, sohaga oid o‘qish materiallari, multimediaviy resurslar hamda hamkorlikdagi yozuv faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi 12 haftalik adaptiv modul tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirilganligiga oid takliflar “Writing Practice” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini boyitishda foydalanilgan (Guliston davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2024-yil 3-iyuldagi 11-sonli bayonnomasi hamda universitet rektorining 2024-yil 4-iyuldagi 101-sonli buyrug‘i asosida o‘quv adabiyotning nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning hamkorlikda yozish, o‘z-o‘zini baholash va tengdoshlararo formatif baholash ko‘nikmalari rivojlanib, ingliz tilidagi yozma nutq kompetentligining shakllanish samaradorligi oshirilgan;
Wiki-texnologiyasi asosida talabalarning ingliz tilidagi yozuv kompetensiyasini baholash mezonlari lingvistik-diskursiv, sotsiopragmatik, kollaborativ va refleksiv-raqamli komponentlarning o‘zaro integratsiyasiga ustuvorlik berish, matn yaratish jarayoni va yakuniy yozma mahsulot natijalarini uyg‘un baholash hamda Wiki-platformadagi versiyalar tarixi, individual hissa, tengdoshlararo tahrir va refleksiv qayta ishlash dinamikasini darajaviy diagnostik indikatorlarga transformatsiya qilish asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan “wiki-texnologiyalariga asoslangan yozuv kompetensiyasini rivojlantirish modeli” Evropa Ittifoqining 2022–2025-yillarda Gumboldt universiteti, Germaniyada amalga oshirilgan “Erasmus+ International KA107 Credit Mobility, Key Action 1 – Mobility for Learners and Staff” xalqaro innovatsion loyihasi doirasidagi akademik faoliyatda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 25-maydagi 4/4-2544-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilidagi yozma nutq kompetentligining shakllanganlik darajasini aniqlash, yozma faoliyat natijalarini monitoring qilish, individual rivojlanish dinamikasini kuzatish hamda akademik yozuv sifatini izchil takomillashtirish imkoniyatlari kengaygan;
Wiki-texnologiyasi asosida talabalarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirish metodik modeli “Wiki Writing Cycle” metodikasini joriy etish, ya’ni muammoli yozuv topshirig‘ini loyihalash, individual g‘oyalarni generatsiyalash, wiki-muhitida hamkorlikda matn konstruksiyalash, “ikki bosqichli peer-review” asosida o‘zaro tahrirlash, versiyalar tarixini qiyosiy tahlil qilish va refleksiv qayta yozish jarayonlarini siklik tashkil etish asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan “Idioms with Picture” o‘quv qo‘llanmasidagi mashqlar tizimini boyitishda foydalanilgan (Guliston davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2023-yil 27-apreldagi 9-sonli bayonnomasi hamda universitet rektorining 2023-yil 28-apreldagi 53-sonli buyrug‘i asosida o‘quv adabiyotning nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning akademik lug‘at boyligi, yozma nutqda frazeologik birliklardan o‘rinli foydalanish hamda kommunikativ yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish