Alyaminov Xayrulla Islamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion tadbirkorlikka oid kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (arxitektura ta’lim yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped504.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: -
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.A.04.01 raqamli ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy Kengash,
Rasmiy opponentlar: Reyimbaev Shuxrat Sadullaevich, arxitektura fanlari doktori, dotsent; Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Erkin Iskenderovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion tadbirkorlikka oid kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
arxitektura yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlashga qaratilgan pedagogik tizimning nazariy-metodik asoslari talabalarning innovatsion tadbikorlikka oid bilim olishga bo‘lgan ichki motivatsiyasini o‘z mualliflik g‘oyalarining iqtisodiy qimmati va ularni bozorda amalga oshirish strategik imkoniyatlarini hamda tijoratlashtirish resurslarini tizimli ravishda ochib berish orqali kuchaytirish, ularning kognitiv faolligini iqtisodiy samaradorligini mustaqil tahlil qilishga undaydigan arxitekturaviy echimlarning muqobil-variativ hamda investision jazibadorligini baholashga qaratilgan muammoli topshiriqlar tizimi orqali oshirish, ijodiy va amaliy faoliyatga loyihalash va tashkilotlar bilan hamkorlikda ’Ijodiy g‘oyadan- tayyor biznes loyihagacha” yo‘naltirish kabi didaktik tamoyillarga ustuvorlik berish natijasida takomillashtirilgan;
talabalarning pedagogik mahorat, pedagogik texnika, mustaqil ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishda ta’lim mazmuni, innovatsion tadbirkorlik faoliyatni amalga oshirishga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim olish jarayonini bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy va tadbirkorlik layoqatlarini integratsiyalovchi fanlararo innovatsion-biznes va mualliflik konseptual integrativ o‘quv modullari hamda raqamli startap-inkubatsiya va jamoviy yo‘nalishdagi loyihaviy o‘qitish texnologiyalari asosida modellashtirilgan;
arxitektura ta’lim yo‘nalishlarida innovatsion tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari, dizayn-mushohada usuli, muammoli o‘qitish va startap loyihalar asosida o‘qitish shakllari birlashtirilgan metodika talabalarning ijodiy g‘oyalarini tijoratlashtirish maqsadida loyihaviy tafakkurni biznes modellar bilan tizimli sintez qilish va muvofiqlshtirish orqali integratsiyalash hamda mualliflik konsepsiyasini tayyor startap mahsulot darajasiga keltirish algoritmlarini o‘quv jarayoniga tizimli tadbiq etish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning innovatsion tadbirkorlik kompetensiyalarini baholash mezonlari orqali yangicha fikrlash, tashabbuskorlik, muammolarni hal qilish va biznes loyiha tuzish salohiyatlarini aniqlash va diagnostikalash indikatorlari: talabalarning me’moriy-ijodiy g‘oyalarni iqtisodiy tijoratlashtirish darajasi hamda loyihaning investision jozibadorligini mustaqil modellashtira olish layoqati kabi ko‘p faktorli(kognitiv, amaliy,shaxsiy motivatsion) ko‘rsatkichlar tizimini muayyan mezonlar doirasida integratsiyalash asosida diagnostika qilish metodikasining ishlab chiqilganligi bilan takomillashtirilgan;
innovatsion tadbirkorlik kompetensiyalarini loyiha asosida o‘qitish shakllari va startap-ekspertiza vositalarini qo‘llash orqali rivojlantirish metodikasining an’anaviy yondashuvlarga nisbatan emperik ko‘rsatkichlari, talabalarning kasbiy dinamik o‘sish koeffisieti hamda statistik ishonchlik darajasiga ko‘ra samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy talimda talabalarning innovatsion tadbirkorlikka oid kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
arxitektura yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlashga qaratilgan pedagogik tizimning nazariy-metodik asoslari talabalarning innovatsion tadbikorlikka oid bilim olishga bo‘lgan ichki motivatsiyasini o‘z mualliflik g‘oyalarining iqtisodiy qimmati va ularni bozorda amalga oshirish strategik imkoniyatlarini hamda tijoratlashtirish resurslarini tizimli ravishda ochib berish orqali kuchaytirish, ularning kognitiv faolligini iqtisodiy samaradorligini mustaqil tahlil qilishga undaydigan arxitekturaviy echimlarning muqobil-variativ hamda investision jazibadorligini baholashga qaratilgan muammoli topshiriqlar tizimi orqali oshirish, ijodiy va amaliy faoliyatga loyihalash va tashkilotlar bilan hamkorlikda ’Ijodiy g‘oyadan- tayyor biznes loyihagacha” yo‘naltirish kabi didaktik tamoyillarga ustuvorlik berish natijasida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan 78-13-0-F/21 “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi ko‘p qavatli turorjoy binolarini tejamkor va xavfsiz markazlashgan isitish tizimi bilan ta’minlash” mavzusidagi innovatsion loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiterining 2025 yil 9 dekabrdagi 01-21-04/3737-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda innovatsion tadbirkorlikka doir nazariy bilimlarini va innovatsion tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bo‘lgan motivatsiyalarining rivojlanishiga erishilgan;
talabalarning pedagogik mahorat, pedagogik texnika, mustaqil ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishda ta’lim mazmuni, innovatsion tadbirkorlik faoliyatni amalga oshirishga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim olish jarayonini bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy va tadbirkorlik layoqatlarini integratsiyalovchi fanlararo innovatsion-biznes va mualliflik konseptual integrativ o‘quv modullari hamda raqamli startap-inkubatsiya va jamoviy yo‘nalishdagi loyihaviy o‘qitish texnologiyalari asosida modellashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Sızıw geometriya hám injenerlik grafikası” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi “391”-sonli buyrug‘i, 550501-sonli guvohnomasi). Natijada talabalarda innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning nazariy asoslari talim oluvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlari, motivlarini va ehtiyojlarini rivojlantirishga asoslangan o‘quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
arxitektura ta’lim yo‘nalishlarida innovatsion tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari, dizayn-mushohada usuli, muammoli o‘qitish va startap loyihalar asosida o‘qitish shakllari birlashtirilgan metodika talabalarning ijodiy g‘oyalarini tijoratlashtirish maqsadida loyihaviy tafakkurni biznes modellar bilan tizimli sintez qilish va muvofiqlshtirish orqali integratsiyalash hamda mualliflik konsepsiyasini tayyor startap mahsulot darajasiga keltirish algoritmlarini o‘quv jarayoniga tizimli tadbiq etish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan QQDU-7/1-“Orol dengizi qurigan tubida yangi texnologiyalar asosida monitoring ishlarini olib boradigan ilmiy-tadqiqot stansiyasini tashkil etish” mavzusidagi innovatsion loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiterining 2025 yil 9 dekabrdagi 01-21-04/3739 son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda innovatsion tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning innovatsion tadbirkorlik kompetensiyalarini baholash mezonlari orqali yangicha fikrlash, tashabbuskorlik, muammolarni hal qilish va biznes loyiha tuzish salohiyatlarini aniqlash va diagnostikalash indikatorlari: talabalarning me’moriy-ijodiy g‘oyalarni iqtisodiy tijoratlashtirish darajasi hamda loyihaning investision jozibadorligini mustaqil modellashtira olish layoqati kabi ko‘p faktorli(kognitiv, amaliy,shaxsiy motivatsion) ko‘rsatkichlar tizimini muayyan mezonlar doirasida integratsiyalash asosida diagnostika qilish metodikasining ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalardan “Sızıw geometriya hám injenerlik grafikası” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi “391”-sonli buyrug‘i, 550501-sonli guvohnomasi). Natijada talabalarda innovatsion fikrlash, tashabbuskorlik, muammolarni hal qilish va biznes loyiha tuzish salohiyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
innovatsion tadbirkorlik kompetensiyalarini loyiha asosida o‘qitish shakllari va startap-ekspertiza vositalarini qo‘llash orqali rivojlantirish metodikasining an’anaviy yondashuvlarga nisbatan emperik ko‘rsatkichlari, talabalarning kasbiy dinamik o‘sish koeffisienti hamda statistik ishonchlik darajasiga ko‘ra samaradorligi aniqlashda oid taklif va tavsiyalardan “Ishlab chiqarish korxonalarida gaz sarfini iqtisod qiluvchi tejamkor uskuna ishlab chiqish” mavzusidagi QQDU-7/2-sonli innovatsion loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiterining 2025 yil 9 dekabrdagi 01-21-04/3738 son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda innovatsion tadbirkorlikka oid bilimlar, funksional ko‘nikmalar, kreativ echimlar ishlab chiqish qobiliyati, loyihaviy faoliyatda ishtirok etish faolligiga erishilgan.